BMT boş kotibi Antoniu Guterriş 29 oktyabr, seşanba kuni Isroil boş vaziri Binyamin Netanyahuga BMTning Falastinlik qoçqinlarga yordam körsatiş agentligi (UNRWA) faoliyatini taqiqlovçi mamlakatning bir kun avval qabul qilingan yangi qonuniga norozilik bildirgan maktub yölladi. «Men sizni va Isroil hukumatini potensial halokatli oqibatlarning oldini olişga va UNRWA'ga xalqaro huquq doirasidagi majburiyatlariga muvofiq bosib olingan Falastin hududlari, jumladan, Şarqiy Quddusdagi faoliyatini davom ettirişiga ruxsat berişga çaqiraman», — deya AFP Guterrişning maktubidan parçalardan iqtibos keltirgan.

Guterrişning ta’kidlaşiça, «Isroil davlat sifatida» «aholining ehtiyojlarini qondirişni ta’minlaş» uçun mas’ul bölib qolişi kerak. «Agar Isroil buni uddalay olmasa, u BMTning uşbu maqsadlardagi faoliyatini, şu jumladan UNRWA faoliyatiga ruxsat berişga va yordam berişga majburdir», deb ta’kidlaydi BMT boş kotibi Netanyahuga yöllagan maktubida.

Isroil Ğazo sektori aholisiga gumanitar yordam yetkazib beriş bilan şuğullanuvçi bu taşkilotni uzoq vaqtdan beri tanqid qilib keladi. Yangi qonun 2023 yil 7 oktyabrda Hamasning Isroilga hujumida UNRWA'ning bir neça xodimlari iştirok etgani haqidagi ma’lumotlar tufayli işlab çiqilgan.

Isroilda 2025 yildan UNRWA faoliyati taqiqlandi

Birlaşgan Millatlar Taşkilotining Yaqin Şarqdagi Falastinlik qoçqinlarga yordam agentligi (UNRWA) kelasi yili Isroil hududidagi «barça faoliyatini» töxtatişi kerak. Isroil parlamenti 28 oktyabr kuni munozarali qonun loyihasini 92 ta ovoz bilan ma’qulladi, deb xabar berdi AP.

Dpa aniqlik kiritişiça, yangi qonunçilik UNRWA Falastin hududlarida öz faoliyatini davom ettira olmasligini anglatadi, çunki Isroil çegara ötiş joylarini nazorat qiladi.