Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev Bişkek şahrida ötayotgan ŞHT sammiti tadbirlari doirasida BMT boş kotibi Antoniu Guterriş bilan uçraşuv ötkazdi.
Suhbat avvalida BMT Boş kotibi davlatimiz rahbari va Özbekiston xalqini mamlakatimiz mustaqilligining 35 yilligi bilan samimiy tabriklab, tinçlik-osoyiştalik, farovonlik va ravnaq tiladi.
BMT va uning institutlari bilan hamkorlikni yanada kengaytiriş va mustahkamlaş masalalari muhokama qilindi.


Şavkat Mirziyoyev Antoniu Guterrişning Özbekiston va BMT örtasidagi köp qirrali hamkorlikni rivojlantirişga qöşayotgan şaxsiy hissasini yuqori baholadi. Boş kotibning taşkilot tizimini isloh qilişga qaratilgan taşabbuslarini qöllab-quvvatlaşini aytdi.
Faol muloqot va özaro taşriflar hamda Özbekistonning BMTning saylanadigan organlari faoliyatidagi iştiroki kengayib borayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi. Sönggi yillarda mamlakatimiz taşabbusi bilan BMT Boş Assambleyasining 15 ta rezolyutsiyasi qabul qilindi.

Antoniu Guterriş Özbekistonning Barqaror rivojlaniş maqsadlarini amalga oşirişda katta yutuqlarga erişayotganini olqişladi. Bu boradagi hamkorlikni yanada faol davom ettirişga tayyorlik tasdiqlandi.
Suhbat davomida xalqaro va mintaqaviy kun tartibining dolzarb masalalari yuzasidan fikr almaşildi. Bölajak qöşma tadbirlar rejasi ham körib çiqildi.








