Prezident Şavkat Mirziyoyev raisligida Navoiy viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantiriş vazifalari yuzasidan yiğiliş bölib ötmoqda.
Sönggi yetti yilda Navoiyda 8 milliard dollarlik 6,5 mingta loyiha işga tuşib, 27 trillion sömlik qöşilgan qiymat yaratildi.
Viloyatdagi tadbirkorlar soni 3 karra köpaydi. Ularning sa’y-harakati bilan ötgan yetti yilda 1 milliard dollarlik eksport böldi. Bu yil ham viloyatda 2,2 milliard dollarlik 577 ta loyiha işga tuşib, 10 mingta yuqori daromadli iş örni paydo böladi.
Ötgan davrda Navoiy iqtisodiyoti töqqizinçi örindan uçinçi öringa çiqib, 82 trillion sömga yetdi. Bunaqasi Navoiy tarixida bölmagan.
Şu bilan birga viloyat hokimligi hozirgi körsatkiçlarni bir neça karra oşiriş mumkinligi körsatib ötildi.
Masalan, viloyatda kaolin, fosforit, granit, marmar, kvars qumlari kabi xomaşyo zaxiralari bölgan yana 100 ta kon va uçastkalarni tadbirkorlarga taklif qiliş mumkin.
Bu işlar kölamini kengaytiriş uçun geologiyada yangi tizim böladi. Barça strategik resursli konlar halqaro baholaşdan ötadi. Buning uçun tajribali xalqaro kompaniyalar jalb qilinadi.








