Klub matbuot xizmati xabariga köra, portugaliyalik 39 yoşli mutaxassis bilan 2027 yilga qadar şartnoma imzolangan. Kelişuvda şartnomani yana bir yilga uzaytiriş bandi kiritilgan. 

Mançester klubi «Sporting» klubiga Amorim uçun tovon puli sifatida 10 million yevro tölab beradi. Ruben 11 noyabr, duşanba kunidan jamoaga qöşiladi. Ungaça klubni «Çelsi» (2 noyabr), «PAOK» (7 noyabr) va «Lester»ga qarşi öyinga Rud van Nistelroy boşlab tuşadi.

Avvalroq, Amorim «MYu»da yillik 8 million yevro maoş olişi haqida xabar qilingan edi.