Afğoniston hukumati öz rasmiylaridan biri Özbekiston haqida tanqidiy fikr bildirgani aytilgan xabarlar yuzasidan raddiya berdi. 16 iyul kuni Özbekistonning Kobuldagi elçixonasi nomiga Fazilatlarni tarğib qiliş va yomonliklarning oldini oliş vazirligi tomonidan raddiya murojaati kelib tuşgan.
Unda ayrim doiralar va ommaviy axborot vositalari vaqti-vaqti bilan ikki qardoş davlat örtasidagi işonç va yaxşi qöşniçilik munosabatlari muhitiga putur yetkazişga va faktlarni buzib, ularni notöğri talqin qiliş orqali özlarining ğayrli maqsadlariga erişişga harakat qilişi ta’kidlangan.
Jumladan, raddiya murojaatida quyidagilar keltirilgan:
«Birodar Özbekiston böyiça pozitsiyamiz aniq. Uşbu yurt islom ummatining köplab buyuk ulamolari, jumladan Imom Buxoriyning muqaddas Vatanidir. Afğoniston va Özbekiston örtasida çuqur diniy, tarixiy, madaniy va xalqlar muştarakligi mavjud. Biz uşbu munosabatlar va öxşaşliklarni alohida qadrlaymiz.
Şu bois, ayrim ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlarda Özbekiston deb salbiy talqin qilingan bayonot va çiqişlar haqiqatga mutlaqo töğri kelmaydi. Biz bunday da’volarni qat’iyan rad etamiz va ularni faktlarni buziş, deb ataymiz.
Ikki davlat örtasidagi birodarlik, özaro hurmat va yaxşi munosabatlar muhiti bundan keyin ham yanada mustahkamlanişiga işonç bildiramiz».
Eslatib ötamiz, 15 iyul kuni BBC Özbek xizmat mahalliy manbalarga tayanib, «Tolibon» hukumati Amri ma’ruf va nahiy munkar vaziri (Fazilatlarni tarğib qiliş va yomonliklarning oldini oliş vaziri) şayx Muhammad Xolid Hanafiy «Özbekistonda islomning faqat nomi qolgani»ni aytgani haqida xabar tarqatgandi. Bu xabarda keltirilişiça, u Özbekiston diniy ulamolarini ham tanqid qilib, mamlakatda diniy masalalarni diniy ulamolar emas, balki dunyoviy davlat tizimi belgilayotganiga e’tiroz bildirgan.

Hozirga kelib bu sözlar aks etgan video tarmoqdan öçirib taşlangan.

















