2023 yil oktyabr oyida boşlangan Rossiya gazining Özbekistonga yetkazib beriş hajmi hozir 5 milliard kub metrdan oşdi, dedi Rossiya TIV matbuot kotibi Mariya Zaxarova Interfax xabarida.
Uning eslatişiça, 2023 yilda Rossiya, Qozoğiston va Özbekiston rahbarlari «Gazprom» va «UzGazTrade» örtasidagi ikki yillik şartnoma asosida Rossiya tabiiy gazini Qozoğiston orqali tranziti ta’minotini yölga qöygan.
«Bugungi kunda yetkazib beriş hajmi 5 milliard kub metrdan oşdi. Bundan taşqari, Rossiyaning «Gazprom» va «LUKOYL» kompaniyalari Özbekiston hududidagi gaz konlarini özlaştiriş böyiça qator loyihalarni muvaffaqiyatli amalga oşirmoqda. Gaz sohasida yoki energetika sohasidagi ikki tomonlama hamkorlikni sekinlaştiradigan muammolar yöq», dedi u brifingda.
Zaxarovaning ta’kidlaşiça, «barça masalalar konstruktiv tarzda hal etilgan, energetika mavzusi ham yuqori va oliy darajadagi, ham idoralararo formatda, ekspertlar darajasidagi muzokaralar kun tartibiga kiritilgan».
«Joriy yilda bölib ötgan uçraşuvlarda uşbu sohadagi hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi, men Rossiya prezidentining 26-28 may kunlari bölib ötgan davlat taşrifini, Rossiya hukumati rahbarining rasmiy taşrifini nazarda tutyapman. Bu taşriflar doirasida boşqa mavzular qatorida uşbu mavzu ham muhokama qilindi», dedi u.
«Ikki tomonlama munosabatlarimizda energetika sohasidagi hamkorlik muhim örin tutadi va mamlakatlarimiz taşqi işlar vazirliklari yaqin aloqada bölib, uşbu turdagi hamkorlikni zarur siyosiy va diplomatik yordam bilan ta’minlamoqda», dedi Rossiya TIV rasmiy vakili.








