Ukrainani qöllaş yoki sotqinlik - AQŞdagi saylovlardan nima kutiş mumkin?
|00:38 / 02.11.202416 48414 min
Ukrainaning NATOga a’zoligi, ğarb qurollarini yetkazib beriş davom etişi hamda Kiyevning Moskva bilan bölğusi tinçlik muzokaralari şartlari Amerikaning keyingi prezidentiga ham boğliq böladi. Kiyevdagilar Donald Trampning ikkinçi muddatidan köra, Kamala Harrisning ğalabasini ança katta entuziazm bilan qarşi olişi borasida kuzatuvçilarning fikri yakdil. Ammo barçasi şu qadar osonmi? BBC şarhlovçisi Grigor Atanesyan şu mavzuni tahlil qildi.
Harrisga murakkab qarorlar meros bölib qolmoqda
Taşqi siyosat Jo Bayden senator, vitse-prezident va nihoyat AQŞ prezidenti lavozimlarida işlagan yarim asrning katta qismi mobaynidagi ekspertiza sohasi edi. U Golda Meir, Margaret Tetçer, Aleksey Kosigin (1964–1980 yillarda SSSR boş vaziri), Muammar Qazzofiy, Mixail Saakaşvili va Viktor Yuşçenko kabi siyosatçilar bilan muzokaralar olib borgan.
Kamala Harris esa karerasini Kaliforniya prokurori sifatida boşlagan va Vaşingtonga faqat 2017 yilda, AQŞ Senatiga saylanganida kelgan. Bu yerda u asosan içki siyosat bilan şuğullangan.
U Bayden ma’muriyatida vitse-prezidentlik lavozimini egallaganidan keyingina diplomatiya ham vakolatida bölgan, unga AQŞga ommaviy migratsiyani töxtatiş maqsadida Markaziy Amerika rahbarlari bilan muzokaralar ötkaziş topşirilgandi. Bu missiya muvaffaqiyatli bölmadi: Bayden prezidentligi davrida kamida 8 mln kişi AQŞning janubiy çegaralarini noqonuniy kesib ötgan — bu Trampning tört yilligidagidan uç barobar köp.
2022 yilda Rossiya Ukrainaga keng kölamli bosqin boşlaganida Harris vazifalariga Kiyevni qöllab-quvvatlaş ham qöşildi. U prezident Volodimir Zelenskiy bilan şu vaqtgaça yetti bor uçraşdi, NATO böyiça ittifoqçilar bilan muzokaralarda qatnaşdi hamda xavfsizlik böyiça Myunxen konferensiyasida AQŞ nomidan vakillik qildi.
Harris saylovda ğalaba qozongan taqdirda Ukrainani qöllab-quvvatlaş borasida Bayden tanlagan yönalişni davom ettirişi, harbiy yordam yuborişi, Kreml bilan Kiyev iştirokisiz muzokaralardan boş tortişi hamda Zelenskiyning uning mamlakati öt oçişni töxtatiş böyiça kelişuvga qanday şartlar asosida rozi böliş huquqini hurmat qilişini aytgan.
Uning sözlari Ukraina uçun umidbaxş körinadi, ammo bir nyuans bor.
5 noyabr kuni amerikaliklar nafaqat prezidentni, balki Kongressning ikki palatasi a’zolarini ham saylaydi.
Mavzuga oid
2022 yilda Kongress Zelenskiyni olqişlar bilan qarşi olgandi, ammo respublikaçilarning unga munosabati sovuqlaşgan
Hozirda Kongressning quyi palatasida respublikaçilar köpçilikni taşkil qiladi, demokratlar esa — Senatda köproq; ammo ijtimoiy sörovlar rokirovka bölişini, yuqori palata respublikaçilarniki, quyi palata — demokratlarniki bölişini körsatmoqda.
Respublikaçilar Senat ustidan nazorat örnatadigan taqdirda turli ssenariylarni kutiş mumkin. Respublikaçilarning vitse-prezidentlikka nomzodi Jyey Di Vens, senatorlar Tom Kotton va Joş Houli kabi öng populistlar Ukrainaga harbiy yordam körsatilişiga qarşi çiqişadi. Ammo ularning partiyasidagi eski gvardiya Putin Rossiyasiga qarşi turişdan AQŞ strategik manfaatdor deb bilişadi.
Ular ham, bular ham, öz qaraşlaridan qat’i nazar, agar Tramp Oq uy taşabbuslarini blokirovka qilişga çaqirsa, unga quloq soladi. 2023-2024 yillarda şunday bölgandi, öşanda sobiq prezident taşabbusi bilan Kongressning quyi palatasida köpçilikni taşkil etuvçi respublikaçilar sakkiz oy davomida Kiyevga mablağ ajratişni blokirovka qilgandi — bu Ukrainaning özi bilan emas, balki migratsiya inqirozi atrofidagi bahs bilan boğliq edi.
Ammo Harris prezidentlikka saylanib, Kongressning ikkala palatasi qöllovida Bayden tutgan liniyani davom ettiradigan, Ukraina uçun optimistik bölgan ssenariyda ham uruşayotgan mamlakat oğir holatda qolaveradi.
Amerika va Yevropada «tsinizm va çarçoqlik yuzaga kelgan, Ukrainaning eng aşaddiy tarafdorlari ham Ğarbning Kiyevni uruşda qöllab-quvvatlaş imkoniyatlari tugay boşlaganini tan olişmoqda», deb yozadi Washington Post şarhlovçisi Işaan Tarur.
Qirollik mudofaa tadqiqotlari instituti (RUSI) saytidagi «Ukrainaga yaqinlaşayotgan xiyonat» sarlavhali maqolada AQŞ yordami doimo juda keç kelişi va borgan sari kamayişi haqida aytiladi. Unda britaniyalik sobiq diplomat Tim Uillasi-Uilsi Bayden bir qöli bilan Ukrainaga yordam berişi, boşqasi bilan — mojaro yadroviy tus olişiga yöl qöymaslikka urinib, ehtiyotkorlik qilişini eslaydi.
«Natijada Ukraina yutqazmaslik uçun yetarliça, ammo ğalaba qozoniş uçun yetarli bölmagan yordam olmoqda», — deya yozadi ekspert. Bu, aftidan, Harris davrida ham davom etadi, deya yozadi Vaşingtondagi Brookings Institution liberal tadqiqot markazi tahlili mualliflari.
Qöşma Ştatlar yanada radikal çoralarni ma’qullaşni istamasligi tufayli sönggi oylarda Ukrainaning eng yaqin döstlari ham mamlakat qurolli kuçlarining 1991 yilgi çegaralarga çiqiş imkoniyatlariga işonmay qöygan.
«Uruşning eng ehtimoliy yakuni Ukrainaning bir qismi vaqtinça Rossiya okkupatsiyasi ostida qoldirilişi böladi», — degandi Çexiya prezidenti Petr Pavel sentabrda.
Tramp Ukraina qurolli kuçlari uçun «Javelin» komplekslarini yetkazib berişni ma’qullagandi
Financial Times gazetasining Harrisga yaqin manbalari u zudlik bilan Ukraina manfaatlari zarariga böladigan sulhga intilmasligi, şu bilan birga, uruşni yakunlaşga qaratilgan sa’y-harakatlarni qöllab-quvvatlaşini aytişgan.
Zelenskiyning rejasi Ukraina NATOga taklif etilişi va keyin taşkilotga a’zo bölişini nazarda tutadi, ammo Harris hozirça bu borada aniq gap aytmagan. CBS uçun intervyuda u bu masala bilan «navbati kelganida şuğullanişi»ni bildirgan.
Vaşingtondagilar Trampning rejalarini taxmin qiladi
Donald Trampning liberal muxoliflari uning taşqi siyosatini Vladimir Putin kabi avtoritar rahbarlar yoki Isroil boş vaziri Binyamin Netanyahu va vengrlar boş vaziri Viktor Orbandan tortib Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdöğangaça bölgan demokratik rahbarlarning antiliberal rahbarlariga simpatiyaga yöğrilgan, oldindan aytib bölmaydigan improvizatsiya sifatida ta’riflaydi.
Ammo Tramp taşqi siyosatiga neytral nuqtayi nazardan qaralganda, unda Xitoy bilan qarama-qarşilikdagi kurs va uruşlar hamda mojarolarga arşi turiş kabi qator aniq prinsiplar ham közga taşlanadi.
Oq uydagi tört yil va sobiq prezident maqomidagi yana şunça vaqt davomida u xoh AQŞ iştirokidagi bölsin, xoh boşqa davlatlar iştirokidagi har qanday harbiy mojarolarga muttasil qarşi çiqqan. Masalan, sözsiz Isroil taraf ekaniga qaramay, sobiq prezident Ğazodagi uruşni yakunlaş zarurligini ta’kidlab keladi.
«U uruşlarni unçalik xuşlamaydi», — deya qayd etadi New York Times gazetasining Oq uydagi muxbiri Piter Beyker.
Tramp Ukrainadagi uruşni ham imkon qadar tez fursatda yakunlaş lozim deb hisoblaydi. U prezidentlikka saylanadigan bölsa, 24 soat içida sulh böyiça kelişuvga erişişi va bu 2025 yil yanvaridagi inauguratsiya marosimidan avvalroq röy berişini aytadi.
Muammo şundaki, Tramp buni qanday amalga oşirişni öylayotganini aytmaydi.
«Menda Ukraina va Rossiyani töxtatiş böyiça juda aniq reja bor. Va menda Xitoy bilan munosabatlar borasida reja emas, ğoya bor, — degandi Tramp sentabrda. — Ammo men bu rejalarni oşkor etolmayman, çunki men buni oçiqlasam, ularni amalga oşira olmayman. Ular muvaffaqiyat qozonmaydi. Kutilmaganlik — [muvaffaqiyatning] bir qismidir».
Izolyatsionistlar eski maktabga qarşi
Noaniqlik şaroitida tarafdorlari va muxoliflari Trampning rejalarini özlariça talqin qilmoqda.
«U aytadi: "Ha men bularning barini birinçi kuniyoq yakunlayman". Ammo bilasizmi, bu aslida nimani anglatadi? Gap kapitulyatsiya haqida bormoqda», — degan Kamala Harris.
Bunday baho qisman Amerika naşrlarining Trampning rejasi amalda Ukrainani öz hududlari — birinçi navbatda, Qrim va Donbascni topşirişni nazarda tutişi haqidagi xabarlari bilan izohlanadi. Bunday materiallarda sobiq prezidentning özi yoki uning maslahatçilari bilan şu mavzuda gaplaşgan odamlarning sözlari keltiriladi.
Ammo Trampning atrofidagi turli şaxslarning pozitsiyalari tubdan farqlanadi va köproq ularning şaxsiy qaraşlarini aks ettiradi. Vitse-prezidentlikka nomzod Jyey Di Vens — Ukrainaga yordam körsatişga qarşilarning eng aşaddiy namoyandalaridan biri. U mojaroni mavjud töqnaşuv çiziği böyiça muzlatiş hamda qurol yetkazib berişni töxtatiş tarafdori. U Zelenskiyning Ukrainani 1991 yilgi çegaralarda tiklaş maqsadini fantastika deb atagan. Bu kabi fikrlar Trampning boşqa tarafdorlari tomonidan ham bildirilgan, ularning qaraşlari izolyatsionistik deb qabul qilinadi.
Ammo sobiq prezident davrasida internatsional qanot ham mavjud bölib, uning vakillari Putin Rossiyasiga qarşi turişni AQŞ taşqi siyosatidagi muhim prinsip deb bilişadi. MRB sobiq direktori va Tramp ma’muriyatida davlat departamenti rahbari bölgan Mayk Pompeo «Trampning Ukraina uçun tinçlik rejasi» deb nomlangan maqolasida respublikaçi nomzod saylovlarda ğalaba qozongudek bölsa, Moskvaga qarşi sanksiyalar kuçaytirilişi hamda Ukraina NATOga qabul qilinişini va’da qiladi.
Tramp ğolib çiqqan taqdirda bu guruhlardan qaysi biriga quloq tutişi noma’lum.
Mayk Pompeo va Boris Jonson Tramp Ukrainani sotmasligiga amin
Ammo Tramp Putin va Zelenskiy bilan parallel muzokaralar olib borişini ta’’kidlamoqda. Bu esa kelgusidagi sulh şartlarini hal qiliş Kiyevning suveren huquqi deb hisoblaydigan Jo Bayden ma’muriyati siyosatiga zid keladi.
Agar Tramp saylovlarda ğalaba qozonib, Zelenskiy va Putinga kelişuv taklif etsa, Zelenskiy esa buni rad etsa, nima böladi?
Respublikaçilar partiyasining populistik qanotidagi figuralar bu holatda Oq uy Ukrainaga harbiy va moliyaviy yordam körsatişni bas qilişini aytişadi.
Bunga ötmişdan misol tariqasida 2019 yil Zelenskiy Trampning Baydenga qarşi tergov boşlaşdan boş tortişiga javoban AQŞ Ukrainaga «Javelin» tankka qarşi raketa komplekslari yetkazib berişni blokirovka qilganini keltiriş mumkin. Keyinçalik Kongressning demokratlar nazoratida bölgan quyi palatasi şu iş asosida Trampga qarşi impiçment e’lon qilgandi.
Trampning NATOga skeptik munosabati ham Ukrainaga harbiy yordam körsatilişiga tösqinlik qilişi mumkin. Sobiq prezident alyans a’zolari öz mudofaa xarajatlarini oşiriş örniga Amerika himoyasiga tayanib qolganini rökaç qilib keladi. Va agar uning ittifoqçilarga talablari Yevropadagilarda norozilik uyğotgan bölsa, Rossiya Ukrainaga bostirib kirganidan keyin barçasi özgargan. Bu yil alyansning 23 a’zosi öz yalpi içki mahsulotining 2 foizini mudofaa uçun ajratişni va’da qilgan; 2022 yilda faqat töqqiz mamlakat, 2014 yilda esa — atigi uçtasi bu normani bajargandi.
Tramp ikkinçi muddatga saylangan taqdirda, Oq uyning Kreml bilan munosabatlari qanday rivojlanişini oldindan aytib bölmaydi. Demokratlar ritorikasiga köra, respublikaçilar yetakçisi — Putinning muxlisi va bir kam FXX agenti. Trampning özi ham Putin bilan munosabatlari ajoyib bölganini aytadi.
Sönggi vaqtlarda Tramp Vengriya boş vaziri Viktor Orban buni tasdiqlaşi mumkinligini keltirib, Rossiya undan qörqqanini aytişni xuş köradi. U öz boşqaruvi davrida ham Putin Ukrainaga bostirib köriş haqida öylagani, ammo u rossiyaliklar rahbarini bundan qaytarganini ta’kidlaydi. Yaqindagi intervyusida esa u Putinga Moskvaga zarba beriş bilan tahdid qilgani haqida gapirdi (Kremldagilar uning bu bayonotiga izoh berişdan boş tortgan).
Tramp Putin bilan munosabatlari a’lo darajada ekanini aytadi, ammo rossiyaliklar rahbari u bilan kelişmovçiliklarni eslaydi
Ammo Trampning birinçi ma’muriyati va Kreml munosabatlarining real tarixi liberalning kinoyalaridan ham, sobiq prezident özi aytayotgan jasoratdan ham murakkabroq. Uning boşqaruvi yillarida yangi sanksiyalar qöllangan, rossiyalik 60 nafar diplomat AQŞdan çiqarib yuborilgan, Rossiyaning Sietldagi boş konsulligi yopilgan.
Öşa yillarda Vaşington qurollar ustidan nazorat töğrisidagi kelişuvlardan — Ronald Reygan va Mixail Gorbaçev tomonidan tuzilgan Örta va qisqa masofali raketalarni yöq qiliş töğrisidagi ikkitomonlama şartnoma hamda Oçiq osmon böyiça köptomonlama bitimdan çiqqan. E’tiborli jihati, Rossiya uni AQŞ ortidan tark etadi.
2017 yil aynan Tramp Amerikaning «Javelin» tankka qarşi raketa komplekslarini Ukrainaga yetkazib berişga qöyilgan embargoni bekor qilgandi.
Bularning barçasi Putinni öşa vaqtlarni nostalgiyasiz eslaşiga olib keladi: «Janob Trampga kelsak, uning prezidentligi davrida Rossiya bilan munosabatlarda juda köp sonli sanksiyalar va çeklovlar kiritilgandi».
Va Ukraina mavzusidan taşqari ham Tramp ma’muriyatining Kreml bilan munosabatlari yaxşi emasdi. Venesuela va Kubaga qarşi sanksiyalar, Eron bilan yadroviy kelişuvdan çiqiş, eronlik general Qosim Sulaymoniyning öldirilişi, Isroildagi elçixona Quddusga köçirilişi va Jölan tepaliklari ustidan Isroil suvereniteti tan olinişi — bu qadamlarning barçasi Moskva tomonidan tanqidga uçragan.
Bularning barçasi harbiy ekspert va Avstraliya armiyasining iste’fodagi generali Mik Rayanga agar Trampning ehtimoliy ikkinçi muddatida Putin bilan muzokaralar boşi berk köçaga kirib qolsa, amerikaliklar prezidenti Rossiyaga qarşi borişi va Ukrainani qöllab-quvvatlaşni köpaytirişi mumkin, deb taxmin qilişiga asos beradi.