Britaniyaning Jaguar kompaniyasi mamlakat içki bozorida yangi rusumdagi avtomobillarni sotişni töxtatdi, deb xabar bermoqda Motor1 kompaniya bayonotiga tayanib.

Naşr izohlaşiça, sotuvlarning töxtatilişi brend qariyb tört yil oldin taqdim etgan Reimagine strategiyasi bilan boğliq. Unga köra, Jaguar 2025 yilga kelib, lyuks elektromobillar işlab çiqaruvçi brendga aylanişi kerak.

Britaniya bozori uçun içki yonuv dvigatelida yuradigan barça modellar — E-Pace, XE XF, F-Type va F-Pace’ni işlab çiqariş töxtatilgan bölib, yiğilgan avtomobillar hammasi allaqaçon sotib bölindi. Taşqi bozorlar uçun F-Pace yöltanlamas avtomobillari hali işlab çiqarilmoqda, ammo Motor1 naşri ta’kidlaşiça, “ularning ham sanoqli kuni qolgan”.

Amaldagi strategiyaga muvofiq Jaguar endi BMW, Mercedes-Benz va Audi bilan emas, balki Bentley va Aston Martin bilan raqobatlaşmoqçi.

Kompaniya hali birorta elektromobil taqdim etgani yöq. Ammo ulardan birinçisi Porsche Taycan bilan raqobatçi bölişi kutilmoqda. 2026 yilda esa Jaguar Bentley Bentayga uçun raqobatçi çiqarişni va’da qilmoqda.

2023 yilda Jaguar Land Rover kompaniyasi rebrending ötkazayotgani ma’lum böldi: endi u oddiygina qilib JLR deb ataladi. Bundan taşqari, kompaniya mahsulotlar qatoridan Land Rover brendi butunlay yöqoladi. Uning örniga birdaniga uçta marka —Defender, Discovery va Range Rover paydo böladi. Bular Land Rover yöltanlamaslari oilalaridan çiqqan.