Amerikalik harbiylar va razvedka vakillari hisoblaşiça, Rossiya-Ukraina uruşi boşi berk köçadan çiqqan, çunki Rossiya qöşini hujumlarni kuçaytirmoqda, deyiladi The New York Times gazetasining 1 noyabr kungi maqolasida.
Mualliflar 2024 yil yozida Amerika hukumati tahlilçilari naşr bilan suhbatda Rossiya yaqin oylar içida Ukrainada sezilarli muvaffaqiyatga erişişi dargumonligi, çunki «yaxşi öqitilmagan qöşinlar ukrain mudofaasini yorib ötişda katta qiyinçiliklarga duç kelayotgani»ni aytişganini eslaşgan. Ammo, NYT yozişiça, bu baho xato bölib çiqdi — Rossiya qöşini nafaqat Ukraina şarqida sezilarli darajada ilgariladi, balki ukrain armiyasi Kursk oblastida egallab olgan hududning uçdan bir qismini qaytarib oldi. Bundan taşqari, Rossiya Ukraina böylab dron zarbalarini oşirgan — iyul oyida kuniga örtaça 350 ta, avgustda 750 ta, sentabrda esa 1 500 ta dron bilan hujum qilingan.
«Rossiyalik harbiylar 2022 yilda Ukrainaga bostirib kirganida muntazam ravişda xatolarga yöl qöygandi, endi bu ötmişda qoldi», — deya amerikalik yuqori martabali harbiy mulozimning sözlarini keltirgan gazeta. «Hozirda RF qurolli kuçlari kuçli evolyutsiya qildi va doimiy harakatda». Şu tufayli, Amerikaning ayrim razvedka xizmatlari va harbiy mulozimlar Ukrainaning Rossiya yurişini töxtatiş imkoniyatiga pessimistik ruhda qaramoqda.
Ukraina muntazam ravişda Ğarb davlatlaridan qurol söraydi, ammo, amerikalik harbiylar nuqtayi nazariga köra, qurol yetişmovçiligi Ukraina qurolli kuçlarining asosiy muammosi emas. Amerikalik mulozimlar aytişiça, Ukraina Rossiya texnikalarini yöq qilişda dronlardan ham keng foydalaniş orqali artilleriya borasida Rossiya bilan farqni ança qisqartirişga erişgan. Amaldorlarning sözlariga köra, Ukraina qurolli kuçlari uçun eng katta muammo, askarlar yetişmasligidir. NYT baholariga köra, janglarda 57 ming ukrain harbiysi halok bölgan (naşr bu ma’lumotlar manbasini keltirmagan), bu esa Rossiyaning yöqotişlaridan ikki barobar köproq.
Naşrning Pentagondagi suhbatdoşlaridan birining fikriça, Ukrainada uruşni yana yarim yildan bir yilgaça davom ettiriş uçun yetarli askar bor, şundan keyin esa Ukraina qurolli kuçlari jiddiy qöşin yetişmovçiligiga duç keladi. Pentagon rasmiylari Ukraina qurolli kuçlari yaqinda taşkil etilgan brigadalarning bir qismini Ukraina şarqi va janubida işlatiş yoki 2025 yilgi qarşi hujum uçun zaxira sifatida uşlaş örniga Kursk oblastida hujum qiliş uçun işlatganini qayd etişgan.
Ğarbdagi rasmiylar va ekspertlar hisoblaşiça, Rossiyada ham askar va texnika böyiça jiddiy yetişmovçilik kuzatilmoqda. Amerikalik mulozimlar agar AQŞ keyingi yil yoziga qadar Ukrainani qöllaşni davom ettirsa, Ukraina qurolli kuçlarida Rossiyaning texnika va askar tanqisligi böyiça muammosidan foydalaniş imkoniyati paydo bölişi mumkinligini qöşimça qilişgan.









