Ukraina hali ham Polşadan MiG-29 qiruvçi samolyotlarini olişni istaydi, ammo Polşa tomoni bu samolyotlarni taqdim etmayapti. Bu haqda Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy Karpatorti hududiy jamoatlari va rayonlari rahbarlari bilan suhbat çoğida ma’lum qildi, deya xabar beradi «Ukrinform».

Zelenskiy NATO bilan Polşada Boltiqböyi mamlakatlari misolida havo kengliklarini qöriqlaş missiyasini taşkil etişni nazarda tutuvçi kelişuv haqida gapirdi.

«Biz NATO bilan ular politsiya missiyasini ajratişiga kelişib oldik, ya’ni öz samolyotlari bölmagan, ammo şunday missiyaga ega Boltiqböyidagi döstlarimiz kabi, biz bu haqda kelişib oldik, ammo şundan keyin Polşa samolyotlarni bizga topşirdimi? Yöq. Boşqa bahona topildimi? Ha», — dedi prezident.

U, şuningdek, Polşa bilan «Polşa hududi tomon uçayotgan Rossiya raketalarini urib tuşiriş böyiça» maslahatlaşuvlar haqida gapirdi.

«Biz ulardan doimiy ravişda Polşa tomon yöl olgan raketalarni urib tuşirişni söradik. U yerda «Striy» gaz ombori bor... Bizda gaz omborini himoya qiliş uçun tegişli tizimlar soni yöq. Polşadagilar-çi? Urib tuşiryaptimi? Yöq. Polyaklar, agar NATO bizni qöllab-quvvatlasa, bu qarorda yolğiz qolmasak, urib tuşirişga tayyormiz, deyişdi», — deya xulosa qildi Zelenskiy.