Qarorga köra, zarur sport infratuzilmasi mavjud bölgan olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlaş markazlarida suv polosi va sinxron suziş guruhlari taşkil etiladi.

Andijon hamda Qarşi olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlaş markazlarida suvga sakraş sport turini yanada rivojlantirişga alohida e’tibor qaratiladi.

Özbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti «Suv sporti turlari nazariyasi va uslubiyoti» hamda «Eşkak eşiş sport turlari nazariyasi va uslubiyoti» kafedralari taşkil etiladi.

2025 yildan boşlab har yili quyidagi sport musobaqalari ötkaziladi:

- sinxron suziş sport turi böyiça Toşkent şahrida «Suv parisi» xalqaro turniri;

- suziş sport turi böyiça Samarqand viloyatida «Silk Water» xalqaro turniri;

- respublikaning barça hududlarida yoz mavsumida ötkaziladigan «World Aquatics Day» ommaviy sport festivali;

- suv sporti turlari böyiça Özbekiston çempionatlari.

2025 yil 1 iyunga qadar davlat-xususiy şeriklik şartlari asosida xususiy investorga beriladigan suv havzalari röyxati şakllantiriladi.

2026 yil 1 yanvardan boşlab özini özi moliyalaştirişga ötkaziladigan suv havzalari faoliyati mazkur qaror asosida taşkil etiladi.

2026 yildan boşlab tajriba tariqasida Toşkent şahri va Sirdaryo viloyatidagi mahallalarda 6x15 metr ölçamli suziş havzalari barpo etiladi.

Qaror bilan 2025–2027 yillarda Özbekistonning ijtimoiy va işlab çiqariş infratuzilmasini rivojlantiriş dasturi doirasida suv sporti turlari infratuzilmasini yaxşilaş böyiça manzilli dastur tasdiqlandi.

Şuningdek, 2025–2027 yillarda milliy terma jamoalar trenerlari, şuningdek, olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlaş markazlarida suv sporti turlari böyiça faoliyat yuritayotgan trenerlar xorijiy davlatlarga qisqa muddatli stajirovkaga yuboriladi.