«Yoşlarning sport bilan muntazam şuğullanişi uçun qöşimça şart-şaroitlar yaratiş töğrisida»gi prezident qarori qabul qilindi.
Qarorga köra, haftaning har payşanba kuni jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilandi.
2025/2026 öquv yilidan:
- sport maktablarini sport turlariga ixtisoslaştiriş amaliyoti joriy etiladi;
- sport maktablarida ommaviy sport böyiça trener-seleksioner lavozimi joriy etiladi;
- har bir ommaviy sport böyiça trener-seleksionerga 5 tagaça mahalla va uning hududidagi davlat ta’lim muassasalari biriktiriladi;
- ommaviy sport böyiça trener-seleksioner öziga biriktirilgan hududda “Beş taşabbus olimpiadasi”, “Jismoniy tayyorgarlik darajasi” sport sinovlarini ötkazib borişga mas’ul hisoblanadi.
2025/2026 öquv yilidan hududlardagi olimpiya va milliy sport turlari böyiça davlat ixtisoslaştirilgan maktab-internatlar faoliyati quyidagi yangiça tartibda taşkil qilinadi:
- sport turlari böyiça mahorat maktablari taşkil qilinadi;
- mahorat maktablari faoliyati sport turlari böyiça iqtidorli yoş sportçilarni saralab oliş va ularni terma jamoalarga asosiy nomzod sifatida tayyorlaşga yönaltiriladi hamda alohida sport turlariga ixtisoslaştiriladi;
- mahorat maktablari öquvçi-sportçilarining umumiy kontingenti jami 150 nafardan köp bölmagan miqdorda 7–11-sinf öquvçilaridan iborat böladi;
- mahorat maktablari öquv dasturini özlaştirgan va yakuniy davlat attestatsiyasidan ötgan 11-sinf bitiruvçilariga davlat namunasidagi umumiy örta ta’lim töğrisidagi şahodatnoma beriladi;
- mahorat maktablarida oziq-ovqat bilan ta’minlaş xarajatlarini qisman qoplaş uçun ota-onalar tölovi undirilmaydi.













