Özbekiston aholisi orasida krossfit bilan şuğullanişni ommalaştiriş çoralari köriladi. Bu haqda prezident Şavkat Mirziyoyev sport sohasi böyiça 7 aprel kungi selektorda topşiriqlar berdi.

“Dunyoda maxsus jihoz va infratuzilma talab qilmaydigan intensiv sport maşğulotlari, ya’ni krossfit ommalaşyapti. Krossfit, bu nima degani? Yuguriş, sakraş, egiliş, turnikda tortiliş kabi oddiy jismoniy maşqlarni ketma-ket bajariş.

Quronboyev (Mahallalar uyuşmasi – tahr.), Sa’dullayev (Yoşlar işlari agentligi), Ikromov (Sport vazirligi) hokimlar bilan mahalla yettiligi, trenerlar va “Soğlom hayot” volontyorlar iştirokida odamlarni fitnes bilan şuğullanişga jalb qilişi zarur.

E’zoza Karimova (Maktab vazirligi), Azim Husanov (Kasbiy ta’lim agentligi), Ikromov va hokimlar 1 maygaça barça maktab va texnikumlarda krossfit böyiça tögaraklar taşkil qilsin.

Ikromov, Quronboyev, Sa’dullayev kelgusi yildan krossfitni “Beş taşabbus” tizimiga kiritsin”, – dedi prezident.

Davlat rahbarining qayd etişiça, endi qaysi mahallada sport qamrovi oşib, aholining salomatligi yaxşilansa, yurak-qon tomir, diabet bilan kasallaniş körsatkiçi kamaysa, volontyorga va mahalla raisiga yil yakuni bilan 15 mln sömgaça mukofot puli beriladi. Şu mahallaga ommaviy sportga mas’ul trenerga esa 200 foizgaça oylik ustama tölanadi.