«Umumiy örta ta’lim maktablarida jismoniy tarbiya fani öqitilişini tubdan takomillaştiriş hamda uşbu fan öqituvçilarining kasbiy faoliyatini rivojlantiriş çora-tadbirlari töğrisida»gi prezident qarori qabul qilindi.
Qaror bilan jismoniy tarbiya fani öqituvçilariga malaka toifasi berişning yangi tartibi işlab çiqiladi.
Qarorga köra, 2025 yil:
- 1 martga qadar boşlanğiç, örta va yuqori sinf öquvçilari yoş toifasi böyiça harakatli öyinlar, olimpiya va ommaviy sport turlariga ustuvorlik beriş orqali sport turlari röyxati şakllantiriladi;
- 1 iyunga qadar maktab öquvçilarining sport musobaqalaridagi iştiroki, maktab sport klublarining faoliyati, öquvçilarning sportga qamrab olinganlik darajasini aniqlaş yuzasidan reyting tizimi işlab çiqiladi;
- 1 mayga qadar maktab sport klublari a’zolari uçun Zomin tumani «Loçin» dam oliş maskanida öquvçilarni sport musobaqalariga tayyorlaş bazasi taşkil etiladi;
- 1 iyulga qadar jismoniy tarbiya fani öqituvçilarining bilim darajasi va kasbiy mahoratini aniqlaş böyiça milliy baholaş tizimi işlab çiqiladi va amaliyotga joriy etiladi.
2025/2026 öquv yilidan boşlab:
- 5–11-sinflar jismoniy tarbiya fani öqituvçilari uçun öquv-metodik qöllanmalar işlab çiqiladi;
- har bir maktabda bosqiçma-bosqiç sport klublari faoliyati yölga qöyiladi;
- har yili an’anaviy tarzda maktablar öquvçilari örtasida «Beş taşabbus olimpiadasi» sport musobaqalari taşkil etiladi.












