Xitoyda 2024 yilda röyxatdan ötkaziladigan yangi nikohlar soni uşbu hisobni yuritiş boşlanganidan beri eng past körsatkiçga tuşib ketadi. Hukumatning yangi nikohlarni rağbatlantiriş borasidagi keng kölamli kampaniyasiga qaramay, mamlakatda demografik inqiroz kuçayib bormoqda, deb xabar beradi CNN.
Nikohlar va tuğilişlar sonining keskin tuşib ketişi ayniqsa, Pekin uçun jiddiy muammo tuğdiradi. Çunki Xitoy poytaxti işçi kuçining kamayib ketişi mamlakat iqtisodiyotiga salbiy ta’sir körsatişidan xavotirda.
Fuqarolik işlar vazirligi tomonidan e’lon qilingan ma’lumotlarga köra, 2024 yilning birinçi çoragida Xitoyda 4,74 million juftlik nikohdan ötgan, bu ötgan yilning mos davrida oila qurganlarga nisbatan 16,6 foizga kam.
Xitoyda 2013 yilda 13 milliondan ortiq yangi nikoh qayd etilgan bölsa, joriy yilgi körsatkiçlar 1980 yildan beri yuritib kelinayotgan hisoblar orasida rekord darajada past körsatkiçda bölişi kutilmoqda.
Mamlakat aholisi ketma-ket ikki yildan beri qisqarmoqda, tuğiliş darajasi ötgan yilda Xitoy Xalq Respublikasi taşkil topgan 1949 yildan beri eng past böldi. 2022 yilda Hindiston dunyoda eng köp aholiga ega davlatga aylanib, Xitoydan özib ketdi.
Yanvar oyida Reuters 2023 yil oxirida Xitoy aholisi 2,08 millionga qisqarib, 1,409 milliardga yetganini yozgandi. Bu mamlakat aholisi kamayib borayotgan ikkinçi yil, deb ta’kidladi agentlik. Bunga sabablar orasida “tuğilişning rekord darajada pasayişi” va “COVID-19 tufayli yuz bergan ölimlar tölqini” körsatilgan.








