Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Chirchiq daryosidan qum-shag‘al aralashmasi qazib olinishi oqibatida 233 mlrd so‘m zarar yetkazildi
Toshkent viloyati Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi, viloyat prokuraturasi hamda huquqni muhofaza qilish organlari hamkorligida navbatdagi tungi reyd tadbiri o‘tkazildi.
Yangiyo‘l tumani, “Paxtachi” MFY hududida bo‘lib o‘tgan reyd davomida davlat raqami yechib olingan yuklagich (ekskavator) yordamida yuk tashuvchi avtotransport vositasiga Chirchiq daryosining oqim bo‘ylab o‘ng qirg‘og‘i muhofaza mintaqasi hududidan qum-shag‘al aralashmasi ortib berilayotgani aniqlandi.
Inspektorlar tomonidan holatga aniqlik kiritilganida “M.Q.T.” MChJga tegishli avtotransport vositalari yordamida qum-shag‘al aralashmasi qazib olinib, “G.S.” MChJga tegishli bo‘lgan tosh maydalash sexiga olib borib to‘kilayotgani ma’lum bo‘ldi.
Hisob-kitoblarga ko‘ra, tabiatga 233 milliard 99 million 588 ming 672 so‘m zarar yetkazilgan.
Mazkur holat yuzasidan to‘plangan hujjatlar huquqiy baho berish va tegishli chora ko‘rish uchun Toshkent viloyati prokuraturasiga va boshqa huquqni muhofaza qilish organlariga yuborildi.
Mavzuga oid
10:12 / 05.11.2025
Chirchiqda “Aqlli shahar” tizimi bosqichma-bosqich joriy etiladi
11:37 / 09.10.2025
Tabiatga uyushtirilgan hujum 839 million so‘mga tushdi
15:10 / 01.10.2025
Bir oyda tabiatga 46,7 mlrd so‘mlik zarar yetkazildi
15:35 / 27.08.2025