Pokiston şarqidagi aksariyat hududlarda qalin smog tufayli barça boğ va muzeylar yopilmoqda, deb xabar beradi Associated Press. Bundan oldin mamlakatdagi havoning keskin yomonlaşgani tufayli maktablar va davlat muassasalari yopilgandi.

Yangi çeklovlar Panjob viloyatidagi 18 ta tumanda, jumladan, çang zarralari tufayli köruvçanlik 100 metrdan oşmayotgan Lahor şahrida ön kun davomida amalda böladi.

Qayd etilişiça, barça jamoat boğlari, hayvonot boğlari va muzeylar, tarixiy qadamjolar va öyin maydonlari yopiladi. Maktablar va davlat muassasalari öz faoliyatini 17 noyabrdan qayta tiklaydi.

Ötgan oydan beri Lahor şahri hamda Panjobning qator hududlarida kuçli smog kuzatilmoqda. Soğliqni saqlaş tizimi vakillariga köra, havoning ifloslanişidan zarar körayotgan hududlardagi 30 mingdan ortiq odam respirator kasalliklardan davolanib çiqqan.

Panjob Atrof-muhit muhofazasi departamenti vakili Sajid Başirning ma’lum qilişiça, yangi çeklovlar odamlar öz uylaridan köçaga çiqmasliklari uçun qaratilgan. Bundan taşqari, Lahor sudi soat 20:00 dan keyin barça bozorlar yopilişi kerakligi haqida qaror çiqargan.

Lahor Pokistonning ikkinçi yirik şahri. Bu hududda 14 milliondan ortiq aholi istiqomat qiladi. Şahar köpinça havosi eng ifloslangan hududlar röyxatiga kiritiladi.

Eslatib ötamiz, 4 noyabr kuni Hindistonning Dehli şahri dunyoning havosi eng iflos şaharlari reytingida 1-öringa çiqqandi. 2023 yil dekabrda esa Lahor şahrining 10 ta tumanida BAA yordamida bulutlarni töyintiriş usuli orqali sun’iy yomğir yoğdirilgan edi.