Afröza Braziliyada bölib ötayotgan jahon çempionatining 16 yoşgaça qizlar guruhida muddatidan avval ğalaba qozonib, 2 karra jahon çempioniga aylandi.

U 10 ta partiyada 9,5 oçko töpladi (9 ta ğalaba, 1 durang) va endi oxirgi turda qanday natija körsatişidan qat’i nazar, birorta raqibi unga yeta olmaydi.

Eslatib ötamiz, Samarqand şaxmat maktabi vakili ötgan yilgi FIDE jahon çempionatida 14 yoşgaça bölgan qizlar orasida ham muddatidan oldin ğoliblikni qölga kiritgan va jahon çempioniga aylangan Özbekistondagi ilk ayol şaxmatçi bölgandi. 15 yoşli hamyurtimiz bugun ikki karra jahon çempioniga aylandi.