Germaniyada hukumat koalitsiyasi bölinib ketganidan söng Germaniya kansleri Olaf Şols Bundestagga muddatidan oldin saylovlar ötkaziş sanasi böyiça murosa qaroriga tayyorligini bildirdi. «Biz bu sanani iloji boriça xotirjam muhokama qilişimiz kerak», dedi u 8 noyabr, juma kuni Budapeştda bölib ötgan YeIning norasmiy sammitida.

Bundestag fraksiyalari örtasida saylovga qadar qabul qilinişi kerak bölgan qonun loyihalarini ma’qullaş masalalarini muhokama etiş çoğida işonç votumi böyiça ovoz berişning maqbul vaqti haqidagi savolga ham javob topiş mumkin, deya qöşimça qildi Şols.

Mers saylovlarni Tramp inauguratsiyasidan bir kun oldin ötkazişni taklif etmoqda

Ayni paytda, eng yirik muxolifat partiyasi – Xristian-demokratik ittifoq (XDI) rahbari Fridrix Mers 20 yanvar kuni AQŞning saylangan prezidenti Donald Tramp inauguratsiyasidan oldin Bundestagga muddatidan oldin saylovlar ötkaziş zarur, deb hisoblaydi. «Germaniyada yangi saylovlar 19 yanvarda bölib ötişi mumkin», dedi u Stern haftaligi va RTL telekanaliga. Muxolifat yetakçisi bu sanaga hali 2,5 oy borligini ta’kidlab, tört hafta içida muddatidan oldin saylovga tayyorgarlik köriş mumkin bölgan Fransiya tajribasiga töxtalib ötdi.

Mers sözlariga köra, Şolsning saylovlarni mart oyida ötkaziş taklifi uning taktik mulohazalarini yaşiradi va u 2 mart kuni Hamburgda mahalliy saylovlarni kutmoqçi. Sotsial-demokratlar yetakçisi keyinga qoldiriş orqali öz partiyasining mavqeyini yaxşilaşga umid qilmoqda, deydi u.

Öz navbatida, Germaniya hukumati rasmiy vakili örinbosari Kristiane Hoffmanning ta’kidlaşiça, Şols Mersning kanslerga işonç masalasini Bundestagda 13 noyabrda ovozga qöyiş talabini rad etgan. Şu kuni Şols Bundestagda mavjud vaziyat haqida hukumat bayonoti bilan çiqadi.

Germaniyada hukmron koalitsiya parçalandi

Germaniyada Germaniya Sotsial-demokratik partiyasi (GSPD), Erkin demokratik partiya (EDP) va «Ittifoq-90/«yaşillar» partiyasidan taşkil topgan hukmron «svetofor koalitsiyasi» parçalandi. Germaniya kansleri Olaf Şols mart oyida muddatidan oldin saylov ötkaziş imkoniyatiga ega böliş uçun 15 yanvar kuni Bundestagda öz hukumatiga işonç masalasini ovozga qöyadi. Bu haqda 6 noyabr kuni keçqurun Şols ma’lum qildi.

Kansler vitse-kansler Robert Habekning Germaniyaning kelajakdagi siyosiy yönalişiga tezkorlik bilan aniqlik kiritiş zarur degan fikrga qöşilganini aytdi. Rojdestvoga qolgan haftalar içida Şols Bundestagda tezkor qabul qilişni talab etuvçi, xususan, sanoatni favqulodda qöllab-quvvatlaş, şuningdek, pensiyalarni barqarorlaştiriş çoralarini körişni talab qiladigan barça qonun loyihalarini ovozga qöyiş niyatida.