Rossiyaning Penza oblastida özbekistonliklar ketayotgan maşina yöl-transport hodisasiga uçragan. Bu haqda Özbekistonning Qozon şahridagi Boş konsulxonasi xabar bermoqda.
Hodisa bugun, 10 noyabr kuni soat 4:00 larda Penza oblastidagi M-5 federal trassasining 738-kilometrida yuz bergan. Oqibatda uç kişi voqea joyida halok bölgan, ikki kişi şifoxonaga joylaştirilgan.
Turli tan jarohatlari bilan şifoxonaga joylaştirilgan ikki kişi ham Özbekiston fuqarosi bölib, ularga Penza oblasti Kuznetsk rayonlararo şifoxonasida yordam körsatilmoqda.
Qayd etilişiça, holat Özbekistonning Qozon şahridagi Boş konsulxonasi nazoratiga olingan bölib, tegişli muvofiqlaştiriş işlari joyiga çiqqan holda taşkillaştirilmoqda.
Mahalliy mas’ul vakolatli organlar bilan halok bölganlarni vatanga qaytariş, şuningdek, jabrlanganlarga tibbiy muolaja körsatilişini Boş konsulxona va Taşqi mehnat migratsiyasi agentligi vakillari öz nazoratiga olgan.
Penza oblasti davlat avtomobil inspeksiyasi ma’lumotiga köra, hodisada “KamAZ” yuk maşinasi va Cobalt özaro töqnaşgan.
Oqibatda Cobalt’ning 1996 yilda tuğilgan haydovçisi hamda 1980 va 1965 yillarda tuğilgan ikki erkak yölovçi voqea joyida halok bölgan. 1995 yilda tuğilgan ayol yölovçi va yana bir erkak şifoxonaga yotqizilgan.








