11 noyabr kuni Toşkentda noqonuniy taşqi reklamani olib taşlaş böyiça reyd ötkazildi, deya xabar berdi Spot bir neçta tuman hokimliklariga tayanib.
Mirobod tumanida Şahrisabz, Islom Karimov, Nukus va Farğona yöli köçalaridagi 120 dan ortiq reklama bannerlari va taxtalari demontaj qilindi. Reyd tuman hokimligi xodimlari tomonidan ötkazildi.
«Tadbir davomida örnatilgan reklama konstruksiyalarining amaldagi me’yorlarga muvofiqligi sinçkovlik bilan tekşirildi», — deyiladi hokimlik xabarida.
Yakkasaroy tumanining Bobur va Nukus köçalaridagi 16 qavatli uyning old tomonida joylaşgan reklama banneri demontaj qilindi. Olib taşlaş töğrisidagi qaror aholi murojaatlari asosida örganilib, vakolatli organlar tomonidan qabul qilindi.
Bundan taşqari, köça va magistral yöllar çetida joylaşgan noqonuniy reklama konstruksiyalarini demontaj qiliş böyiça reyd Çilonzor tumanida ham ötkazildi.
Tuman Favqulodda vaziyatlar boşqarmasi xodimlari tomonidan köp qavatli binolarning fasadlaridan reklama bannerlari olib taşlangan.
Xuddi şunday reyd Toşkent şahrining Mirzo Uluğbek tumanida ham içki işlar organlari xodimlari iştirokida ötkazildi.
Poytaxtning boşqa tumanlari hokimliklari reydlar haqida xabar bermagan. Toşkent şahri hokimligi tekşiruv ötkazilganiga izoh bermadi.








