Yaponiya imperatori Naruxito boş vazir Şigeru Işiba boşçiligidagi yangi hukumatni tasdiqladi. Marosim Tokiodagi Imperator saroyida bölib ötdi. Vazirlar mahkamasida faqat uçta yangi tayinlov böldi: 19 vazirdan 16 nafari öz lavozimini saqlab qoldi. Bugun, 11 noyabr kuni parlamentda Işibaning boş vazir lavozimiga nomzodi uçun ovoz beriş yakunlandi.

Marosim çoğida imperator har bir vazirga lavozimga tayinlangani töğrisida bildirişnoma topşirdi, deb xabar berdi Kyodo. Yangi hukumatda parlament saylovlarida mağlub bölganlar örniga adliya vaziri etib Keysuke Suzuki, qişloq xöjaligi vaziri etib Taku Eto tayinlandi. Hukmron koalitsiyadagi Liberal-demokratik partiya (LDP) hamkori «Komeyto» partiyasidan Xiromasa Nakano Davlat yerlari va transport vaziri böldi. Undan oldin bu lavozimda işlagan Tetsuo Saito «Komeyto» partiyasiga rahbar böldi.

Bu Şigeru Işiba boş vazir etib tayinlangan 1 oktyabrdan keyingi ikkinçi hukumatidir. Bu lavozimga tayinlangaç, u saylovçilarning qöllab-quvvatlaşiga erişiş uçun parlamentni tarqatib yubordi va muddatidan oldin saylov ötkazişga qaror qildi. Natijada, LDP va «Komeyto» Vakillar palatasida (parlament quyi palatasi) son ustunligini yöqotdi. Şunga qaramay, parlament a’zolari uning boş vazir etib saylanişini qöllab-quvvatladilar.