2024 yilning yozida Apple Music “Tarixdagi 100 ta eng yaxşi albom” taşabbusini taqdim etgandi, u haligaça striming xizmatida bor. Endi kompaniya eng buyuk musiqiy töplamlar röyxatini kitob şaklida töpladi — u atigi 1500 nusxada çop etiladi. Kitob nafis yarim şaffof muqova, zarhal hoşiyali sahifalar va, albatta, qölda bitilgan tartib raqamiga ega.

Mualliflarning sözlariga köra, töplam 65 yillik musiqa va köplab janrlarni qamrab oladi: kantri va popdan tortib rok, xip-xop va elektronikagaça. Uning tarkibiga Billi Ayliş va Metallica, Trevis Skott va Talking Heads kabi uslub jihatidan butunlay farq qiluvçi ijroçilar kiritilgan. Ammo kitob faqat musiqa işqibozlari uçun yaratilgani va heç qanday reytinglarga da’vo qilmasligi ta’kidlandi.

“Agar röyxat Apple Music’dan taşqaridagi muxlislar orasida bahs-munozaralarga sabab bölsa va odamlarni sevgan musiqalari haqida qizğin suhbatlaşişga undasa, demak, oldimizga qöygan vazifani bajargan bölamiz. Biz çinakam buyuk albomlar şunçaki qöşiqlar töplamidan köra köproq narsa ekanini angladik. Ular bir bölagingizga, hayotingizning ajralmas qismiga aylanadi. Bu singan yurak, alam, jarohat, quvonç, inqilob va yeçimdir”, —dedi Apple Music kompaniyasining global ijodiy rahbari va san’atkorlar bilan işlaş bölimi boşliği Zayn Lou.
Hozirda kitob uçun dastlabki buyurtmalar qabul qilinmoqda, rasmiy yetkazib beriş 2024 yil 25 noyabrdan boşlanadi. Kitob jami 208 sahifa va 97 ta kartinani öz içiga olgan, uning narxi 450 dollar turadi.







