Tramp Amerika armiyasining 44 yoşli faxriysi va teleboşlovçi Pit Hegsetni Pentagon rahbarligiga tanladi. «Pit qattiqqöl, aqlli va Amerika hammasidan ustunligi tamoyiliga çin dildan işonadi, — deyiladi Trampning bayonotida. — Pit [Pentagon] rahbarligida Amerika duşmanlari ogohlantiriladi — bizning qurolli kuçlarimiz yana buyuk böladi va Amerika heç qaçon çekinmaydi».

Politico naşri yozişiça, bu tanlov Vaşingtondagi mulozimlarni «şok holatiga tuşirgan», ular harbiy idoraga nufuzli kongressmen yoki heç bölmaganda mudofaa siyosatida tajribaga ega bölgan şaxs rahbar bölişini kutişgandi. Trampning birinçi muddatidagi kadrlar böyiça har doim ham tuşunib bölmaydigan qarorlari hisobga olinsa ham, bu yangi tayinlov barçani doğda qoldirdi, deya qayd etadi naşr. «Kim bu, jin ursin, bu yigitça kim özi?» — deya bu tayinlovga munosabat bildirgan mudofaa sanoati lobbisti anonim şaklda. Uning sözlariga köra, sanoatdagilar bu lavozimga «çindan ham katta tajribaga ega bölgan kimdir tayinlanişi»ga umid qilişgandi. «Tan olaman, 20 daqiqa oldin ham uni tanimasdim», — degan jurnalistlarga Vakillar palatasidagi qurolli kuçlar böyiça qömita a’zosi bölgan demokrat Adam Smit.

Amerika naşrlari avvaldan oldingi prezidentlik muddati davomida mudofaa vazirlari bilan mojarolaşgan Tramp (şu tufayli uning prezidentligining tört yilida Pentagonda beş bor rahbar almaşgan), birinçi navbatda öziga sodiq va uning siyosatiga sözsiz amal qiladigan odamni tanlaşini yozişgandi. «Tramp sadoqatni hammasidan ustun qöyadi. Aftidan, u qadrlaydigan asosiy mezon — bu odam uni televideniyeda qançalik yaxşi himoya qilişidir», — degan tayinlovdan keyin Jorj Buş ma’muriyatida Pentagonda siyosiy maslahatçi bölib işlagan Erik Edelman.

Pit Hegset 1980 yilda tuğilgan. U Prinston universitetini tamomlagan, şundan keyin Milliy gvardiyada xizmat qilişni boşlagan. Hegset Guantanamoda, Iroq va Afğonistonda xizmat qilgan. Vatanga qaytganidan keyin, 2014 yildan buyon Hegset konservativ Fox telekanali bilan hamkorlik qila boşlagan. U Guantanamodagi mahbuslar qiynoqqa solinişini oçiqçasiga ma’qullagan, Trampning birinçi prezidentligi davrida uni Afğonistonda tinç aholini öldirişda ayblangan amerikalik harbiy xizmatçilarni afv etişga çaqirgan.

Hegset Trampning eronlik general Qosim Sulaymoniyni öldiriş haqidagi qarorini qöllab-quvvatlagan. U Amerikaning yetakçi oliy ta’lim muassasalarini diniy ekstremizm kabi «real tahdidlar» bilan emas, iqlim muammolari bilan şuğullanayotgani uçun tanqid qilgan, 2022 yilda haddan taşqari liberal siyosati tufayli Harvard diplomidan (ikkinçi mutaxassislik sifatida öqigan) «voz keçişi»ni aytgan. Hegset Trampning 2016 yilgi birinçi kampaniyasidan buyon uning izçil tarafdori bölib kelgan.