Bundestag turli fraksiyalarining yuzdan ortiq deputati Germaniya parlamentiga öng populistik "Germaniya uçun muqobil" (GuM) partiyasini man etiş töğrisida petitsiya kiritdi. Taşabbus mualliflaridan biri, muxolifatdagi Xristian-demokratik ittifoq (XDI) a’zosi Marko Vandervitsning 13 noyabr, çorşanba kuni xabar berişiça, hujjatni 113 nafar parlamentariy imzolagan. Ularning aksariyati "Ittifoq-90"/"yaşillar" partiyasi vakillari, deya qayd etadi Die Welt. Söl partiyadan bu taşabbusni tört sobiq partiya yetakçisi qöllab-quvvatladi.

Murojaat mualliflari GuMning konstitutsiyaga zid siyosiy birlaşma ekanligi haqidagi savol Germaniya Federativ Respublikasi Asosiy qonunining 21-moddasiga muvofiq Federal Konstitutsiyaviy sud tomonidan körib çiqilişini ta’kidlamoqda. "Xavf ostida bölgan narsa - bizning liberal demokratiyamiz", dedi Vandervits.

GuMni taqiqlaş tartibi uçun Bundestagda köpçilik ovozi talab qilinadi

Partiyani taqiqlaş tartibi Bundestag, federal yerlarning Bundesratdagi vakili va federal hukumat tomonidan boşlanişi mumkin. Protsedura parlament tomonidan boşlanişi uçun deputatlarning köpçiligi unga ovoz berişi kerak.

Hujjatni imzolaganlardan biri, Germaniyaning hukmron Sotsial-demokratik partiyasi (GSDP) deputati Karmen Vegge bu masala yuzasidan muddatidan oldin parlament saylovlarigaça qaror qabul qiliş zarurligini ta’kidladi. "Biz GuM konstitutsiyaga zid va demokratiyamiz uçun jiddiy xavf tuğdirişiga qat’iy işonamiz", dedi Vegge.

Dpa agentligining Bundestag 2025 yil 23 fevralga belgilangan saylovlar oldidan taşabbusni körib çiqişi mumkinmi degan savoliga Marko Vandervits uşbu qonunçilik davrida, albatta, yalpi muhokamalar bölib ötişini, biroq ovoz beriş ötkaziladimi yoki yöqmi, hozirça noma’lumligini aytdi.