Germaniyaning öta öng GuM partiyasidan bir neçta yetakçi siyosatçi kelasi hafta konferensiyada iştirok etiş uçun Rossiyaga boradi. Ular orasida Bundestag deputatlari Şteffen Kotre va Rayner Rotfus bor — ularning iştirokini GuM fraksiyasi vakili tasdiqladi. Bundan taşqari, delegatsiya tarkibiga partiyaning Saksoniya bölimi rahbari Yorg Urban ham kiritilgani haqida dpa agentligi Saksoniya landtagidagi GuM fraksiyasi rahbariyatiga tayanib xabar berdi.

Safarda qatnaşişini izohlar ekan, Urban Ukrainaga bosqin sabab Rossiyaga nisbatan joriy etilgan xalqaro sanksiyalarni tanqid qildi. U bu çoralar Germaniyaga jiddiy zarar yetkazayotganini aytdi. Öz navbatida, ilgari rossiyalik tarğibotçi Vladimir Solovyovning tok-şousida qatnaşgan Kotre bu safarda partiyadoşlari bilan “Germaniya manfaatlarini” himoya qilişini bildirdi. Şu bilan birga u arzon energiya taşuvçilari yetkazib beriş, tinçlik diplomatiyasi va BRIKS mamlakatlari vakillari bilan aloqalar haqida gapirdi.

Agentlikka köra, nemis deputatlariga Yevropa parlamenti deputati Hans Noyxoff hamrohlik qiladi. Avvalroq Bundestagdan ikki deputatning Soçiga safari haqida ARD jamoat telekanali va t-online portali xabar qilgan edi. Urban va Noyxoffning ham iştirok etişi mumkinligi t-online tomonidan yozilgan.

Saksoniya landtagidagi GuM fraksiyasi ma’lumotiga köra, gap “BRIKS va Yevropa mamlakatlari simpoziumi” haqida ketmoqda. Bunday tadbir ötgan yili ilk bor “Birdam Rossiya” qöllab-quvvatlovida ötkazilgan. Dasturga köra, “simpozium” iştirokçilari orasida Rossiyaning sobiq prezidenti, hozirda RF Xavfsizlik kengaşi raisi örinbosari Dmitriy Medvedev ham bor. Safar iştirokçilarining ayrimlari u bilan uçraşişni rejalaştirmoqda, deb yozadi t-online. Xususan, Rayner Rotfus Medvedev bilan uçraşuvda qatnaşişini aytdi va ötgan yilgi şunga öxşaş uçraşuvni “foydali”, “ham keng qamrovli, ham çuqur tasavvur bergan” deb baholadi.

Germaniya öng populistlarining rossiyalik rasmiylar bilan aloqalari, ayniqsa RFning Ukrainaga qarşi keng kölamli uruşi boşlanganidan buyon bir neça bor tanqid qilingan. 5 noyabr kuni Bundestagda GuMning Rossiya bilan aloqalari yuzasidan tortişuv bölib ötdi — unda hukumat koalitsiyasi a’zolari va muxolifatdagi “Yaşillar” partiyasi vakillari öta önglarni Kreml garovidagi “vosita” deb atadi.

OAV ma’lumotiça, nemis öng populistlarining Soçiga safarlari 13–16/17 noyabr kunlari bölib ötadi. Safar xarajatlari mos ravişda 4050 va 2000 yevroga teng bölib, ehtimol, ularni Bundestagdagi GuM fraksiyasi qoplaydi. Fraksiya rahbarining örinbosari Ştefan Koyterning sözlariga köra, safar maqsadi — “Rossiya bilan aloqalarni kuçaytiriş”.