Boku şahrida BMTning Iqlim özgarişi böyiça Tomonlar konferensiyasi 29-sessiyasi (COP29) doirasida Özbekiston Iqtisodiyot va moliya vazirligi delegatsiyasi Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati (GIZ) katta loyiha direktori Ilka Starrost bilan uçraşuv ötkazdi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi.
Uçraşuvda tomonlarning özaro amalga oşirayotgan loyihalarning joriy holati, xususan, tomonlarning özaro hamkorligida amalga oşirilayotgan «Özbekistonda xususiy sektorga kömak va iqtisodiy siyosatlar böyiça maslahatlar» loyihasi yuzasidan bajarilayotgan işlar hamda bu böyiça hamkorlik yönalişlari muhokama qilingan.
Mazkur loyiha doirasida sanoatni yaşillaştiriş, xususiy sektorni yaşil iqtisodiyotga ötişda qöllab-quvvatlaş maqsadida Germaniyaning 9 million yevro miqdoridagi grand mablağlari jalb qilingan.
«Loyiha hukumatga iqtisodiy islohotlarni amalga oşiriş va barqaror iqtisodiy rivojlaniş uçun şart-şaroitlarni ta’minlaşda, ayniqsa, «yaşil» sanoatlaştiriş va «yaşil» iqtisodiyot böyiça davlat va xususiy sektor salohiyatini kuçaytirişga alohida e’tibor qaratişda kömak berişi alohida ta’kidlab ötildi», — deyiladi xabarda.
Qayd etilişiça, uşbu loyiha issiqxona gazlarini ölçaş va sertifikatlaş böyiça ekspert bilimlarini taqdim etadi, Özbekistonning xalqaro issiqxona gazlari savdosida iştirok etişini va Yevropa Ittifoqining Transçegaraviy tartibga soliş mexanizmiga (CBAM) moslaşişini qöllab-quvvatlaydi. Xususiy sektor resurslarni tejaydigan, barqaror işlab çiqariş uçun «yaşil» texnologiyalarni moslaştirişda, masalan, aylanma (sirkulyar) iqtisodiyot va «yaşil» sanoat parklari modellari doirasida qöllab-quvvatlanadi.
Uçraşuv söngida tomonlar örtasida «Özbekistonda xususiy sektorga kömak va iqtisodiy siyosat böyiça maslahatlar» loyihasiga qöşimça ravişda 3 million yevro miqdoridagi grand mablağlarini ajratiş töğrisida memorandum imzolangan.







