AQŞdagi prezidentlik saylovlarida ğolib çiqqan Donald Tramp Oq uyda amaldagi prezident Jo Bayden bilan uçraşuv ötkazdi.
Uçraşuv çoğida Bayden hokimiyatni keyingi prezidentga tinç yöl bilan ötkaziş niyatida ekanini bildirgan, Tramp esa bu jarayon «imkon qadar silliq ötişi»ni aytgan.
«Janob saylangan prezident va sobiq prezident, Donald, tabriklayman! Biz, avval aytganimizdek, hokimiyatni topşirişning silliq keçişini intiqlik bilan kutmoqdamiz, siz uçun qulay şaroit yaratiş uçun qölimizdan kelgan barça işni qilamiz. — degan Bayden Trampga. — Bugun biz bu masalalarning ayrimlarini muhokama qilişimiz mumkin. Xuş kelibsiz, xuş kelibsiz».
«Siyosat — ayovsiz va köp hollarda u yoqimli dunyo emas, ammo bugun vaziyat yaxşi. Men ötiş jarayoni iloji boriça silliq keçayotganini juda qadrlayman va buning uçun minnatdorman», — degan Tramp, şundan keyin ikki siyosatçi bir-birining qölini siqib qöygan.

Uçraşuv Oval kabinetda bölib ötgan, Tramp bu yerda oxirgi bor 2021 yil yanvarida bölib, Baydenga ikki sahifadan iborat maktub qoldirgandi.
Saylovoldi kampaniyasi davrida ikki siyosatçi ham bir-birini qattiq tanqid qilgan va oxirgi marta iyundagi debatlar doirasida uçraşişgandi. Şundan köp vaqt ötmay öz yoşi va prezidentlik vazifalarini bajarişga layoqatsizligi böyiça xavotirlar fonida Bayden poygadan çiqişga qaror qilgandi.
Saylangan prezidentning lavozimidan ketayotgani bilan uçraşişi — Amerika siyosiy hayotidagi azaliy an’ana hisoblanadi.
Ammo 2020 yilgi prezidentlik saylovlaridan keyin mağlubiyatini tan olmagan Trampning Bayden bilan uçraşuvi ötkazilmagandi: öşanda amaldagi prezident bölgan respublikaçi saylangan prezidentni taklif etmagandi.
Bugungi uçraşuvga izoh berarkan, Oq uy rasmiy vakili Karin Jan-Piyer Bayden «normalarga, institutlarga işonişi»ni ta’kidlagan. «U hokimiyatni tinç yöl bilan ötkaziş qoidasiga amal qiladi», — deya qöşimça qilgan u.
Tramp 2024 yilgi prezidentlik saylovlaridan keyin ilk bor Vaşingtonga keldi. Oq uyga borişidan oldin u Vakillar palatasiga taşrif buyurib, Respublikaçilar partiyasi a’zolari bilan uçraşdi, ayni vaqtda partiya Kongressning quyi palatasi ustidan ham nazoratni saqlab qolişi kutilmoqda.









