AQŞning saylangan prezidenti Donald Tramp özining bölğusi ma’muriyatidagi lavozimlarga nomzodlarni tanlaşda davom etmoqda. AQŞ Milliy razvedka direktori lavozimi uçun u Talsi Gabbardni tayinlaşni taklif qilgan — u Vakillar palatasining demokratlardan bölgan, keyinçalik Respublikaçilar partiyasi safiga ötgan a’zosi bölib, AQŞning uruşlardagi iştirokini tanqid qilib kelgan. Boş prokuror va Adliya vazirligi rahbarligiga Tramp respublikaçi Mett Gets nomzodini ilgari surdi — bu uning faol tarafdori bölib, 17 yoşli qiz bilan munosabatlari tufayli unga qarşi iş oçilgan. «Meduza» bu ikki tayinlov haqida ma’lum bölgan gaplar hikoya qildi.
AQŞning bölajak boş prokurori kim?
13 noyabr kuni Tramp Vakillar palatasining Respublikaçilar partiyasidan a’zosi Mett Getsni boş prokuratura va AQŞ Adliya vazirligi rahbari lavozimiga nomzod qilib körsatdi. Saylangan prezident fikriça, Gets Amerika çegaralarini himoya qilib, «jinoiy guruhlarni yakson etadi va amerikaliklarning Adliya vazirligiga singan işonçini tiklaydi».
Ötgan haftada Gets bir neça kunni Trampning Floridadagi qarorgohi bölmiş Mar-a-Lagoda ötkazgandi, deb xabar bergan CNN öz manbasiga tayanib. Çorşanba kuni u Tramp bilan birgalikda Vaşingtonga uçgan. Trampning e’lonidan biroz ötib Gets boş prokuror lavozimini egallaş özi uçun şaraf bölişini aytdi. Telekanal qayd etişiça, Getsning amaliyotçi huquqşunos sifatidagi tajribasi katta emas — ayniqsa sönggi yillarda uşbu lavozimni egallagan boşqa boş prokurorlar bilan taqqoslaganda. U öz karerasining katta qismini siyosatga bağişlagan.
«Boş prokuror roli Trampning ikkinçi muddati uçun muhim ahamiyatga ega böladi va saylangan prezidentning saylovoldi kampaniyasi çoğida va’da qilgan immigratsiya, reproduktiv salomatlik va siyosiy duşmanlar ustidan tergov ötkaziş siyosatini amalga oşirişga yordam beradi», — deya yozadi CNN.
Gets bir neça marta AQŞ adliya vazirligi Jo Bayden davrida konservativ kuçlar, jumladan Donald Trampga qarşi vositaga aylanganini aytib çiqqandi. U şuningdek, Federal qidiruv byurosini ham tanqid qilgan, uning fikriça, uşbu idora kuzatuv sohasida qonun ruxsat berganidan «ança taşqariga çiqib ketgani»ni aytgan. U maxsus xizmatlar vakolatlarini çeklaşga çaqirgan. «Biz yoki hukumatni özimizga qaytaramiz, yoki moliyalaştirişni töxtatib, FQB, Kasalliklarni nazorat qiliş markazi (CDC),
Alkogol, tamaki, öqotar qurollar va portlovçi moddalarni nazorat qiliş byurosi (ATF), Adliya vazirligi hamda ularga böysunuvçi taşkilotlarning barçasidan qutulamiz», — degan Gets 2023 yildagi tadbirlardan birida.











