Yevropa Ittifoqi nazorat organi Facebookʼka egalik qiluvçi Meta kompaniyasini Marketplace onlayn e’lonlar biznesini «suiiste’mol qiliş»da ayblab, qariyb 800 million yevro jarimaga tortdi, deb xabar beradi Associated Press.

Yevropa komissiyasi uzoq davom etgan tekşiruvlar natijasida kompaniya özining ustun mavqeyini suiiste’mol qilib, raqobatga qarşi xatti-harakatlar bilan şuğullangan deb topdi va unga 797,72 million yevro jarima qöllaş böyiça qaror çiqardi.

Komissiya Meta’ni onlayn e’lonlar borasidagi biznesini ijtimoiy tarmoqqa boğlab qöyişda, Facebook foydalanuvçilari avtomatik ravişda Marketplace’ga kira olişida va raqobatçilariga bunday imkoniyat taqdim etmaganlikda aybladi. Nazorat organi, şuningdek, Meta xizmat körsatiş sohasida adolatsiz savdo şartlarini örnatganini bildirdi.

«Bu Yevropa Ittifoqining antimonopoliya qoidalariga zid. Meta bunday harakatlarini töxtatişi kerak», — deydi komissiyaning raqobat sohasidagi siyosatiga mas’ul vitse-prezidenti Margret Vestager.

Meta komissiyaning qonunbuzarlikni töxtatiş haqidagi körsatmasiga rioya qilişini va uni takrorlamasligini bildirib, çiqarilgan qaror ustidan apellyatsiya berişini ma’lum qildi.

2023 yilning mayida Meta kompaniyasi Yevropa va AQŞ örtasida ma’lumotlar uzatişda notöğri iş tutgani uçun 1,2 milliard yevro miqdorida jarimaga tortilgan edi. 2022 yilda esa dunyoning 106 mamlakatidan bölgan 533 million foydalanuvçining ma’lumotlari e’lon qilib yuborilişi ortidan Meta 265 million yevro jarima tölagan edi.