Toşkentda özi bilan yaşab kelgan ayolning 3 yoşli farzandini vahşiylarça öldirgan erkak ustidan sud boşlandi. Tergov xulosasiga köra, u jinoyat vaqtida “Regapen”, “Tropikamid” va “Mefedron” ta’sirida bölgan. Marhumning ota-onasi suddan uni umrbod ozodlikdan mahrum etişni söradi.

15 noyabr kuni jinoyat işlari böyiça Mirzo Uluğbek tuman sudida 3 yoşli bolani vahşiylarça öldirgan erkakka nisbatan sud işi boşlandi. Kun.uz muxbiri oçiq sud majlisini kuzatdi.

Sudlanuvçi S.M. – 1993 yilda Farğona viloyatida tuğilgan, muqaddam sudlangan, vaqtinça işsiz. U joriy yil 9 iyul kuni Yaşnobod tumani Olmos mahallasida şar’iy nikohidagi ayolning gödak öğlini vahşiylarça öldirgan.

Ayblov xulosasiga köra, S.M. muqaddam kuçli ta’sir qiluvçi moddalarni oliş, saqlaş, taşiş va ötkaziş jinoyatlari uçun jazo ötab çiqqan, lekin qilmişidan töğri xulosa çiqarmay, surunkali ravişda kuçli ta’sir qiluvçi va giyohvand vositalarni iste’mol qilib kelgan.

Qotil 9 iyulga ötar keçasi “Regapen” va “Tropikamid” dori vositalari va “Mefedron” giyohvandlik moddasini iste’mol qilgan. Bu moddalar ta’sirida özi bilan birga yaşab kelgan, 1994 yilda tuğilgan ayol N.N.ni uning 2021 yilda tuğilgan, onasining bağriga intilgan öğlidan raşk qilgan va bolani uxlayotgan vaqtida vahşiyona tarzda (yuz qismidagi tana a’zolariga yiğma piçoq sançgan holda) öldirgan.

S.M.ga nisbatan Jinoyat kodeksining qasddan odam öldiriş, kuçli ta’sir qiluvçi yoki zaharli moddalarni qonunga xilof ravişda muomalaga kiritiş, hokimiyat vakiliga yoki fuqaroviy burçini bajarayotgan şaxsga qarşilik körsatiş, jinoyatga tayyorgarlik köriş va jinoyat sodir etişga suiqasd qiliş kabi moddalari böyiça ayblov e’lon qilingan.

Sud tergovida ikki nafar jabrlanuvçi – marhumning ota-onasi ham eşitildi. Ular suddan qotilga umrbod qamoq jazosi berişni söradi.

Navbatdagi sud majlisida sudlanuvçiga söz beriladi. Sud 18 noyabrgaça tanaffus e’lon qildi.