Samarqand viloyati Urgut tumanida yöl-transport hodisasi sodir etib uç kişining ölimiga sabab bölgan haydovçiga sud hukmi öqildi. Bu haqda viloyat IIB YHXB axborot xizmati xabar bermoqda.

Hodisa 2024 yil 29 iyul kuni soat 12:30 larda Samarqand viloyati, Urgut tumanidan ötuvçi «Urgut — Ğös - Avazmergan» avtomobil yölida sodir bölgan.

2003 yilda tuğilgan haydovçi «Cobalt» avtomobilida boşqaruvni yöqotib, qarama-qarşi yönalişdagi «Damas» bilan töqnaşgan.

Oqibatda «Damas» haydovçisi va yölovçisi hodisa joyida, yana bir yölovçi esa şifoxonada vafot etgan. Şuningdek, yana ikki nafar yölovçi va «Cobalt» haydovçisi tan jarohatlari olib, şifoxonaga murojaat qilgan.

Jinoyat işlari böyiça Urgut tumani sudida qoidalarni buzib odamlar ölimiga sabab bölgan 21 yoşli haydovçi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi «a» bandi (Transport vositalari harakati yoki ulardan foydalaniş xavfsizligi qoidalarini buzib odamlar ölimiga sababçi böliş) bilan aybdor deb topilgan.

“Millar” informatsion dasturida berilgan lavhada aytilişiça, sud haydovçiga 3 yil transport vositalarini boşqariş huquqidan mahrum etib, 9 yil 6 oy ozodlikdan mahrum qiliş jazosini tayinlagan.

Ma’lumot uçun, Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi «a» bandida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlik uçun 10 yilgaça ozodlikdan mahrum qiliş jazosi belgilangan.