AQŞning saylangan prezidentlari odatda hukumat tarkibidan örin oladigna vazir va maslahatçilarini dekabr arafasida e’lon qiladi. 2016 yilda Donald Tramp ham şunday yöl tutgandi. Trampning kutilmagan ğalabasidan keyingi haftalarda konservativ siyosatçilar va tadbirkorlar birin-ketin uning Nyu Yorkdagi ofisiga taşrif buyurişgandi. Ular bilan suhbatlardan keyin respublikaçi prezident kimlarni qaysi lavozimga tanlaganini e’lon qiladi.

Endi, ikkinçi saylovdagi ğalabasidan keyin esa, Tramp öz qarorlarini ortga surib ötirmadi. U allaqaçon mudofaa va içki xavfsizlik vazirlarini tanlab böldi, çegara «hukmdori» kim bölişini özi uçun hal qildi, Rossiya propagandasining sevimli siyosatçilardan bölgan ayol milliy razvedka direktori, antivakser — soğliqni saqlaş vaziri, giyohvand moddalar iste’mol qiliş va qöşmaçilar bilan aloqada bölişda gumonlangan kongressmen — boş prokuror böladigan böldi.

Prezident kabineti a’zolari senat tomonidan tasdiqlanişi kerak böladi; respublikaçilarda bu safar 52 yoki 53 örin böladi, ammo Tramp taklif etgan siyosatçilarning ayrimlari kerakli miqdorda ovoz ololmasligi ehtimoli yöq emas. Saylangan prezident öz partiyasini kongress sessiyalari oraliğida tanaffus qilişga köndirişga harakat qilişi va bundan kabinet a’zolarini öz farmonlari bilan tasdiqlaşda foydalanişi mumkin.

Biroq, parlament Davlat departamenti rahbari sifatida AQŞ taşqi siyosatini boşqaradigan yangi davlat kotibi nomzodini tasdiqlaşi deyarli aniq. Bu lavozimni floridalik senator Marko Rubio egallaydi. Saylangan prezident öz qarorini press-relizda e’lon qilgan (muallifning ayrim sözlar boş harflarda yozilgan imlosi saqlab qolingan):

Floridadan bölgan senator Marko Rubioni Davlat kotibi lavozimiga nomzod sifatida körsatiş men uçun ulkan şaraf. Marko — Katta Hurmatga sazovor Yetakçi va Erkinlik uçun juda katta Ovooz. U bizning Millatga kuçli Himoyaçi va bizning Ittifoqçilarimizga sodiq döst, şuningdek heç qaçon duşmanlarimiz qarşisida çekinmaydigan qörquv bilmas Jangçi böladi».

Marko Rubio kim özi?

Rubio 1971 yilda Mayamida, Kubadan kelgan muhojirlar oilasida tuğilgan. Oila bir neça yil Las-Vegasda yaşagan: ota barmen, ona esa uy xizmatkori bölib işlagan. Keyinroq oila Floridaga qaytib kelgan. Maktabni tamomlagaç, Marko kollejaning amerikaça futbol jamoasi uçun öynagan va siyosatşunoslik hamda huquqşunoslikka öqigan. Kollejni tamomlaşi bilan Rubio konservativ siyosatga şönğigan.

Kubadan kelgan muhojirlar köpinça respublikaçilarni qöllaydi — bu partiya sovuq uruş boşlanganidan buyon demokratik partiyaga qaraganda antikommunistroq hisoblanadi. Rubio mahalliy kongressvumenga yordamçi bölgan va 1996 yilgi prezidentlik saylovida Bill Klintonga yutqazgan respublikaçi Bob Doulning ştabida işlagan. 2000 yilda, 29 yoşida Rubio Florida parlamenti quyi palatasiga saylangan va beş yil ötib uning spikeriga aylangan.