«Nosozlik 2024 yil 18 noyabrda Cinia C-Lion1 suvosti kabelida aniqlangan. Şu bois kabel xizmatlari körsatilmayapti. Nosozlik nima sababdan yuzaga kelgani aniqlanmoqda», — deyiladi xabarda.

Ta’kidlanişiça, mazkur holat Qöşma Ştatlar Rossiya harbiylarining muhim suvosti kabellari atrofida faolligi ortgani töğrisida ogohlantirişidan bir neça hafta ötib sodir bölmoqda. Vaşingtondagilarning fikriça, Moskva «global aloqa infratuzilmasining muhim qismini işdan çiqarişga qaratilgan potensial qöporuvçilik operatsiyalarini ötkazişi mumkin».

C-Lion1 — bu Boltiq dengizi tubi böylab Finlandiya va Germaniya örtasida töğridan-töğri yotqizilgan birinçi kabeldir. Uni ötkaziş işlari 2015 yilda boşlangan va 2016 yil yanvarda yakunlangan edi. Kabel uzunligi qariyb 1,2 ming kilometrni taşkil etib, u Xelsinki va Rostok örtasida işlaydi. Bu Markaziy Yevropaga töğridan-töğri borgan yagona fin suvosti kabeli hamdir.

Eslatib ötamiz, ötgan yilning oktyabrida Finlandiya va Estoniya örtasidagi Balticconnector suvosti gaz quvuriga şikast yetkazilgandi. Keyinroq nosozlikka Xitoyning Newnew Polar Bear yuk kemasi aloqador ekani aniqlangan. South China Morning Post öz manbalariga tayanib, Xitoy öziga tegişli yuk kemasi gaz quvuriga tasodifan şikast yetkazganini tan olgani haqida yozgandi.