Narzullo Naimoviç Oblomurodov Toşkent davlat agrar universitetining rektori etib tayinlandi. Bu haqda universitetda qişloq xöjaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov iştirokida bölib ötgan yiğilişda ma’lum qilindi, deya xabar bermoqda vazirlik matbuot xizmati.
Narzullo Oblomurodov 2021 yilgi prezidentlik saylovida Ekopartiya nomzodi sifatida qatnaşib, 4,1 foiz ovoz bilan 5 nafan nomzod orasida 4-örinni egallagan edi.
Saylovdan keyin u Ekologiya qömitasi raisi lavozimiga ötkazilgan, 2023 yil yanvaridagi ma’muriy özgarişlar ortidan tabiat resurslari vazirining örinbosari etib tayinlangan, öşa yil iyunda lavozimini tark etib, iyulda Toşkent moliya instituti prorektori sifatida iş boşlagandi.

Oradan bir yil ötib, 2024 yil iyunida Oblomurodov Toşkent davlat agrar universitetining öquv işlari böyiça prorektori etib tayinlangan edi.
Ayni paytda universitet saytida Islomov Sohib Yaxşibekoviç rektor vazifasini bajaruvçi deb körsatilgan.
- Oblomurodov TDAU rahbarligiga Vazirlar Mahkamasining qarori bilan tayinlangan. Boş vazir matbuot xizmatining xabariga köra, uşbu tayinlov bilan birga, Sevara Bahodirovna Şokirova Maktabgaça va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Ixtisoslaştirilgan ta’lim muassasalari agentligi direktorining örinbosari lavozimiga tayinlangan.












