Ukraina taşqi işlar vaziri Andrey Sibiga fikriça, Rossiya hududidagi harbiy nişonlarga zarba beriş qobiliyati uruşda «buriliş nuqtasi» bölişi mumkin. Bu haqda u 18 noyabr, duşanba kuni Buyuk Britaniya taşqi işlar vaziri Devid Lemmi bilan Nyu-Yorkda BMT Xavfsizlik kengaşi yiğilişi oldidan ötkazilgan qöşma brifingda ma’lum qildi.

«Bu buriliş nuqtasi bölişi mumkin», dedi ukrainalik vazir Qöşma Ştatlar Kiyev uçun Amerikaning uzoq masofali qurollari bilan Rossiyadagi harbiy obektlarga zarba beriş böyiça çeklovlarni bekor qilgani haqidagi xabarlarga izoh taqdim etib. «Ukraina qançalik uzoqroq zarba bera olsa, uruş şunçalik tezroq tugaydi».

Sibiga ta’kidlaganidek, Kiyev har doim «Rossiya hududidagi harbiy nişonlarga zarba beriş huquqiga ega» ekanligini ta’kidlab keladi. «Bu bizning qonuniy huquqimiz va bu bizning tinç aholimizning hayotini saqlab qoladi», — deya qöşimça qildi Ukraina taşqi işlar vazirligi rahbari.

Reuters: Ukraina Rossiya bilan muzokaralarni boşlaşga tayyorlanmoqda

Donald Trampning AQŞ prezidentligi saylovidagi ğalabasi fonida Ukraina rahbariyati Rossiya bilan bölajak tinçlik muzokaralarida özining boşlanğiç pozitsiyasini mustahkamlaş uçun qöşimça qurol-yaroğ yetkazib beriş va jang maydonidagi pozitsiyalarini saqlab qolişga intilmoqda, deb xabar berdi Reuters 11 noyabr kuni. Tramp hokimiyatga kelsa, Rossiyaning Ukrainaga qarşi uruşini «24 soat içida» tugatişga va’da berdi.

Kelgusi tört-beş oy uruşda hal qiluvçi böladi, dedi Reuters agentligiga ismini oşkor qilmaslik şarti bilan ukrainalik yuqori martabali amaldor. «Bu qiş juda muhim vaqt... Umid qilamanki, uruş nihoyasiga yetyapti, endi biz muzokaralarda har ikki tomonning pozitsiyasini aniqlaymiz», — deya suhbatdoşidan iqtibos keltiradi agentlik.

Rasmiyning sözlariga köra, Kiyev endi Tramp yangi ma’muriyatining Ukrainaga nisbatan qanday siyosat olib boriş niyatida ekanligini tuşuniş uçun asosiy lavozimlarga tayinlovlarni kutmoqda. Reuters suhbatdoşining tan olişiça, AQŞ yangi prezidenti lavozimga kirişganidan keyin Kiyevga yordamni qisqartirişi xavfi bor. «Umid qilamanki, Bayden ma’muriyati yordam körsatişni tezlaştiriş orqali bu xavfdan qoçişga harakat qiladi», dedi u.