«Titanik»ning 700 dan ortiq yölovçisini qutqargan Britaniya paroxodi kapitaniga sovğa qilingan tilla soat auksion orqali 1,56 million funt sterlingga (1,97 million dollar) sotildi, deb xabar beradi BBC.

Oğirligi 18 qirot bölgan Tiffany & Co soati 1912 yilda «Titanik» halokatga uçragan vaqtida voqea joyiga yetib kelgan RMS Carpathia yölovçi kemasi kapitani Artur Rostronga sovğa qilingan edi. Soatni amerikalik xususiy kolleksioner xarid qilgani aytilmoqda.

Artur Rostron ofat signalini olganidan keyin Nyu-Yorkdan Yevropaga ketayotgan RMS Carpathia yönalişini özgartirgan. U «Titanik» 1912 yil 15 aprel kuni Şimoliy Atlantikaga çökkanidan ikki soat ötib, voqea joyiga yetib borgan.

Soat esa Arturga «Titanik»dagi eng badavlat inson Jon Jyeykob Astorning bevasi hamda kema aysberg bilan töqnaşuvi oqibatida halok bölgan ikki biznesmenning rafiqalari tomonidan sovğa qilingan. Soatning orqa tomoniga quyidagi yozuv tuşirilgan: «Kapitan Rostronga 1912 yil 15 aprelda «Titanik»ning omon qolgan uç yölovçisi —Jon B. Tayer xonim, Jon Jyeykob Astor xonim va Jorj D. Uaydener xonim tomonidan samimiy minnatdorçilik hamda taşakkur bilan taqdim etiladi».

Kimoşdi uyi ma’lumotlariga köra, Artur Rostron sovğani janob Astorning rafiqasidan Nyu-Yorkdagi Beşinçi avenyuda joylaşgan oilaviy uyida ötkazgan tuşlikda qabul qilib qolgan. «U birinçi navbatda Rostronning jasoratiga minnatdorçilik uçun topşirilgan, çunki janob Rostronsiz uşbu 700 kişi omon qolmasdi», — deydi auksion vakili Endryu Oldrij.

«Titanik»ka boğliq bundan oldingi rekord narxdagi esdalik buyumi aprel oyida — Jon Jyeykob Astorning jasadidagi kiyim hamyonidan topilgan tilla soat — 1,175 million funt sterlingga sotilgan edi.