Jinoyat işlari böyiça Mirzo Uluğbek tuman sudida özi bilan yaşab kelgan ayolning 3 yoşli farzandini vahşiylarça öldirgan giyohvand erkak ustidan sud davom etmoqda. Ikkinçi sud majlisida sudlanuvçi va guvohlar körsatma berdi, deya xabar bermoqda Kun.uz muxbiri.

Birinçi sud majlisidan reportaj bilan quyidagi havola orqali tanişişingiz mumkin.

Ikkinçi sud majlisida söz olgan sudlanuvçi jabrlanuvçi ayol bilan bir yildan buyon birga yaşab kelgani, ular örtasida faqat şar’iy nikoh borligini aytdi. Uning sözlariga köra, psixotrop va giyohvand moddalarni yoşligidan beri iste’mol qilib kelgan.

“Dorilarni yoşligimdan beri qabul qilib kelaman. Ularni köçadan, internet orqali olardim. Öşa kuni “glyuk”da bölganman. Voqeani eslay olmayman. Köp kayf qilib yuborganman”, deydi sudlanuvçi.

U qilgan işidan puşaymonligi aytib, suddan keçirişni söradi.

Sudlanuvçining advokati himoyasi ostidagi şaxsning körsatmalariga izoh berib, jumladan, “glyuk” nimaligini sud iştirokçilariga tuşuntirib berdi.

“U oxirgi 5-6 kunda narkotik va psixotrop moddalarni köp miqdorda iste’mol qilgan. “Glyuk” – içimga jin kirib qoldi, degani. “Bola közimga dajjol bölib körindi, mana şu narkotik tasirida. Içimga jin kirib, bolani öldirişni buyurdi” deyapti”, – deydi sudlanuvçining himoyaçisi.

Sud işni körib çiqişda 25 noyabrgaça tanaffus e’lon qildi.