Prezident Şavkat Mirziyoyev iştirokida Oliy Majlis Qonunçilik palatasining majlisi bölib ötyapti.
Mamlakatni har tomonlama rivojlantiriş uçun samarali taşqi siyosat olib boriş, döst va hamkorlar doirasini kengaytiriş, yaqin qöşnilar bilan mintaqaviy hamkorlikni çuqurlaştiriş öta muhim vazifadir.
Şu maqsadda prezident Taşqi siyosat konsepsiyasini yangi tahrirda qabul qiliş zarurligini ta’kidladi.
Markaziy Osiyo davlatlari örtasida yaxşi qöşniçilik munosabatlarini yanada mustahkamlaş, mintaqaviy xavfsizlik va barqarorlikni ta’minlaş taşqi siyosatda ustuvor yönaliş bölib qoladi. Kelgusi yili yurtimizda bölib ötadigan “Markaziy Osiyo beşligi” uçraşuvi şu yöldagi yana bir ulkan amaliy qadam böladi.
Hozirgi vaqtda fuqarolar Qirğizistonga ID-karta bilan bemalol borib-kelmoqdalar. Endi şunday tartibni Qozoğiston va Tojikiston bilan ham joriy etiş rejalaştirilgan.
Markaziy Osiyo mamlakatlari hamda boşqa yetakçi hamkor davlatlar, nufuzli xalqaro va mintaqaviy taşkilotlar, moliya institutlari bilan samarali va tizimli aloqalarni yanada rivojlantiriş doimo e’tibor markazida bölişi ta’kidlandi.
Prezident fursatdan foydalanib, bugungi yiğilişda iştirok etayotgan diplomatik korpus va xalqaro taşkilotlar vakillarini qutladi, islohotlarni qöllab-quvvatlab kelayotgani, hududlarga çiqib, yangilaniş va özgarişlar bilan yaqindan tanişib, öz davlatlaridagi tajribalar bilan örtoqlaşayotgani uçun xalq nomidan minnatdorlik bildirdi.










