Şvetsiya prokuraturasi Boltiq dengizidagi ikkita suvosti kabelining şikastlanişi bilan boğliq qöporuvçilik harakati böyiça dastlabki tergovni boşladi. Bu haqda idora press-relizida söz boradi.
Qayd etilişiça, mazkur iş bilan politsiyaning Milliy tezkor departamenti şuğullanmoqda, dastlabki tergovni esa davlat prokurori Xenrik Sederman olib boryapti. Uning sözlariga köra, ayni vaqtida uşbu jinoyat qöporuvçilik harakati deya tasniflanmoqda.
«Tergov dastlabki bosqiçda. Hozirda heç qanaqa qöşimça ma’lumot yöq», — deya qöşimça qiladi prokuror.
18 noyabr kuni Boltiq dengizi tubidan Finlandiyadan Germaniyaga va Şvetsiyadan Litvaga ötgan kabellarga şikast yetkazilgani ma’lum böldi. Germaniya va Finlandiya Taşqi işlar vazirliklari tergov olib borilayotgani, bu kabi holat «qasddan amalga oşirilgani böyiça şubha uyğotayotganini» ma’lum qildi. Litva Boş prokuraturasi vakili idora rasmiy tergov boşlaş böyiça ma’lumot töplayotganini bildirdi.
Eslatib ötamiz, ötgan yilning oktyabrida Finlandiya va Estoniya örtasidagi Balticconnector suvosti gaz quvuriga şikast yetkazilgandi. Keyinroq nosozlikka Xitoyning Newnew Polar Bear yuk kemasi aloqador ekani aniqlangan. South China Morning Post öz manbalariga tayanib, Xitoy öziga tegişli yuk kemasi gaz quvuriga tasodifan şikast yetkazganini tan olgani haqida yozgandi.








