Yevropa Ittifoqining eng yirik iqtisodiyotlari – Germaniya, Fransiya, Italiya va Ispaniya, şuningdek, Yevropa Ittifoqiga a’zo bölmagan Buyuk Britaniya AQŞning Kiyevni qöllab-quvvatlaşi qisqarişi ehtimoli fonida Ukrainaga yordam körsatiş bilan boğliq harbiy va moliyaviy yukni öz zimmasiga olişga tayyor. Bu haqda 19 noyabr, seşanba kuni Polşa taşqi işlar vaziri Radoslav Sikorskiy Varşavada yuqoridagi davlatlar taşqi işlar vazirlari, YeI taşqi işlar va xavfsizlik siyosati böyiça oliy vakili lavozimida Jozep Borrelni almaştirişi kerak bölgan estoniyalik Kaya Kallas iştirokidagi uçraşuv yakunlari böyiça jurnalistlar bilan suhbatda ma’lum qildi. 

«Men Yevropa Ittifoqining eng yirik davlatlari AQŞning iştiroki qisqarişi (Kiyevni qöllab-quvvatlaşda) munosabati bilan Ukrainaga harbiy va moliyaviy yordam yukini öz zimmasiga olişga tayyorligini hurmat bilan e’tiborga olaman», — deya AFP Polşa taşqi işlar vazirligi rahbaridan iqtibos keltirmoqda.

Germaniya, Fransiya, Italiya va Polşa taşqi işlar vazirlarining Varşavadagi uçraşuvi Rossiyaning Ukrainaga keng kölamli harbiy bostirib kirişi boşlangani 1000 kunligiga töğri keldi. Uşbu tadbirdagi muhim mavzu Donald Tramp Oq uyga qaytganidan keyin Yevropa Ittifoqi va AQŞ örtasidagi munosabatlar rivoji ham böldi. Muhokamalarga Ispaniya va Buyuk Britaniya taşqi işlar vazirlari onlayn tarzda qöşildi.

YeI birinçi marta qurolni birgalikda sotib olişni moliyalaştiradi

Yevropa Ittifoqi birinçi marta a’zo davlatlar tomonidan Ukrainaga qisman yetkazib beriş uçun qurol, şu jumladan raketalar va öq-dorilarni birgalikda sotib olişni moliyalaştirişni ma’qulladi. Tanlangan beşta loyiha «Yevropa mudofaa sanoatini umumiy xaridlar orqali mustahkamlaş» (EDIRPA) mexanizmi doirasida amalga oşirilmoqda. Har bir taşabbus uçun 60 million yevro ajratilgan. Moliyalaştirişning umumiy miqdori 300 million yevroni taşkil qiladi, bu haqda 14 noyabr kuni Bryusselda ma’lum qilindi.

«Biz Yevropa Ittifoqi budjetidan a’zo davlatlarni umumiy mudofaa xaridlarini qöllab-quvvatlaş uçun birinçi marta foydalanmoqdamiz», dedi Yevropa komissiyasi raisi örinbosari Margrete Vestager.

Gap havo va raketaga qarşi mudofaa tizimlari, zamonaviy zirhli texnika va öq-dorilarni xarid qiliş haqida bormoqda.

AFP'ning aniqlik kiritişiça, töqqizta iştirokçidan iborat mamlakatlar guruhlari jalb etiladi. Loyihalarda jami 20 ga yaqin a’zo davlatlar iştirok etmoqda, ularning ba’zilari EDIRPA'da birinçi marta qatnaşadi.