1977 yil 8 avgust kuni Moskvada SSSR Içki işlar vazirligida şoşilinç yiğiliş ötkaziladi. Yiğilişda davlat bankining Yerevandagi bölimidan bir yarim million rubl öğirlangani masalasi muhokama qilinadi.

Vazir bu jinoyatni sodir etganlar zudlik bilan uşlanişi lozimligini aytib, tezkor xodimlar, kriminalistlar va jinoyat qidiruv bölimi xodimlari zudlik bilan Armanistonga yetib borişini buyuradi.

Öşa kunning özida Içki işlar vazirligi xodimlari Yerevandagi jinoyatni oçiş uçun Armanistonga jönaşadi. Köp ötmay jinoyatçilar topiladi. 

Öğrilik

1977 yil 8 avgust, duşanba kuni davlat bankining Yerevandagi bölimi xodimlari bank binosiga kelib noodatiy holat guvohi bölişadi.

Ular binoning birinçi qavatida joylaşgan pullar saqlanayotgan bölimini oçişganda oyoq ostida bolalar soyabonini va odam siğadigan teşikni körişadi.

Darhol ğaznadagi pullar tekşirib köriladi. Şunda bir yarim million rubl joyida yöqligi ma’lum böladi. Bu summa öşa paytda taqriban 2 mln dollarga teng edi.

Darhol hodisa joyiga militsiya çaqiriladi. Militsiya öz navbatida jinoyat haqida Moskvaga, Içki işlar vazirligiga xabar yuboradi. Axir, yöqolgan summa kam emasdi.

Moskvada hodisani içki işlar vaziri öz nazoratiga oladi va jinoyatni oçiş uçun Yerevanga tajribali mutaxassislar yuboriladi.

Dastlabki suriştiruvda bank binosidagi deraza va eşiklarga panjara örnatilmagani, sal avval u yerda ta’mirlaş işlari ötkazilgani uçun signalizatsiya ham öçirib qöyilgani oydinlaşadi.

Yerevandagi bank binosi 1970-yillar

Demak, jinoyatçilar signalizatsiya öçirib qöyilganini bilişgan. Biroq, ularga bu haqda kim xabar bergan. Balki bank xodimlari orasida jinoyatçilarning şerigi ham bölişi mumkin.

Biroq suriştiruvlar davomida jinoyatçilar binoga deraza orqali kirgani aniqlanadi. Jinoyat sodir bölgan joydan lom va mineral suvdan böşagan idiş topiladi.

Tekşirib körilganda ularda barmoq izlari qolmagani aniqlanadi. Aftidan, jinoyatçilar ularni qölqop yordamida uşlagan yoki artib, tozalab qöygan.