Ijtimoiy tarmoqlarda Toşkent şahri Yunusobod tumanidagi 1-sonli bolalar klinik şifoxonasi bemorlar bilan tölgani aks etgan video tarqaldi. Tuman tibbiyot boş boşqarmasi holatga munosabat bildirdi. Unga köra, kuz-qiş davrida mavsumiy kasalliklar keng tarqalişi kuzatilayotgani uçun muassasaga murojaatlar soni sezilarli darajada köpaygan.
Boşqarma bemorlarga qulaylik bölişi uçun şifoxona bölimlarida qöşimça 55 örin taşkil etilganini, 40 örinli köz mikrojarrohligi bölimining epidemik mavsum barqarorlaşgunga qadar ötkir respirator kasalliklarni qabul qiliş uçun profili özgartirilganini ma’lum qilgan.
Şuningdek, ambulator murojaat qilgan va şifoxonadan 2-bosqiç davolanişga çiqarilgan bemorlar böyiça oilaviy poliklinikalar bilan hamkorlikda işlayotgani va mavsumiy kasalliklar bilan köproq işlaş yölga qöyilayotgani ma’lum qilingan.
Ma’lumot uçun, 1-son bolalar klinik şifoxonasi 425 öringa ega va 18 yoşgaça bölgan bolalarga möljallangan. Şifoxonaga bir kunda örtaça 450-500 nafar bemor murojaat qiladi. Muassasada 138 nafar şifokor, 401 nafar örta tibbiyot xodimi işlaydi.








