
Foto: Wikimedia Commons.
Rossiya prezidenti Vladimir Putin 21 noyabr kuni Ukrainaning Ğarbda işlab çiqarilgan uzoq masofaga möljallangan raketalar bilan Rossiya hududiga berilgan zarbalariga javoban Rossiya nima qilgani haqida kutilmaganda batafsil ma’lumot berdi. Xususan, u Dniprodagi «Yujmaş» korxonasiga «Oreşnik» eksperimental ballistik tizimi orqali uyuştirilgan hujum haqida gapirdi.
Bu qurol haqida Putinning sözlaridan taşqari juda kam ma’lumot bor. Meduza «Oreşnik» qaysi raketaning «bolasi» ekani, bunday raketa bilan berilgan zarbasi neçoğlik kuçli bölişi mumkinligi, AQŞ Rossiya prezidentining bu bayonotiga qanday javob qaytarişi hamda Putin nega Ğarb tomon tahdidlarini oşkora bildirişda davom etayotgani haqida Rossiya yadroviy siyosati böyiça ekspert, Kuins universiteti Xalqaro va mudofaa siyosati markazining ilmiy xodimi, Defense News naşri muxbiri Maksim Starçak bilan suhbat ötkazdi.
— Putin Rossiya Dniprodagi «Yujmaş» zavodiga «Oreşnik» kompleksi raketalari bilan zarba berilganini aytdi. Agar bu yangi qurol bölsa, u haqda niman deyiş mumkin? «Oreşnik»ning Kiyev tomonidan dastlab zarba berilgan, deya e’tirof etilgan «Rubej» raketasidan farqi nimada?
— Pentagon va boşqa ekspertlarning fikriça, «Oreşnik» raketa tizimi RS-26 «Rubej» raketaci modifikatsiyasining ayni özi. «Rubej» — 2010-yillarda yaratilgan raketa bölib, seriyali işlab çiqarişga olinmagan. Rossiya uni qit’alararo raketa sifatida taqdim qilgan. Ğarb tahlilçilari uni RSD-10 «Pioner» örta masofaga uçadigan raketa örnini bosuvçi qurol sifatida körmoqda. Bu esa 1987 yilda tuzilgan Örta va qisqa masofali raketalar böyiça şartnoma buzilganini anglatadi, çunki bu raketa işlab çiqilgan paytda şartnoma amalda bölgan.
Endi esa Putindan bu öşa örta masofalarga möljallangan «Oreşnik» raketa tizimi ekanini eşitdik. Ammo [hozirça uning bu sözlariga] heç qanday dalil yöq. Agar u «Rubej»ning modifikatsiyasi bölsa, demak, raketa qit’alararo uçiş masofasiga ham ega bölişi mumkin. U holda Rossiya amaldagi DSNV-3 (Yadroviy qurollarni qisqartiriş şartnomasi) şartlarini ham buzgani anglaşiladi.
— Çindan ham, Putin aytib ötganidek, 10 Max (2,5-3 km/s) tezlikka ega bu raketalarga qarşi raketa yoki havo hujumidan mudofaa tizimi darajasida çora yöqmi?











