Ukraina Yevropa mudofaa qobiliyatini kuçaytiriş böyiça aniq yeçimlarni işlab çiqişga jalb etiladi. Bu haqda Yevropa Ittifoqining taşqi işlar va xavfsizlik siyosati böyiça oliy vakili Kaya Kallas maʼlum qildi.

Uning sözlariga köra, yaqin kunlarda iş boşlaydigan yangi yuqori darajali guruh tarkibiga Yevropa Ittifoqi davlatlari, Buyuk Britaniya va Ukrainadan yuqori martabali siyosatçilar hamda harbiylar kiritiladi.

Kallas bu haqda 1-sentabr kuni Irlandiyaning Uiklou şahrida ötkazilgan YEI mudofaa vazirlarining norasmiy uçraşuvi yakunlari böyiça maʼlum qildi.

Hozirça Ukrainadan yangi guruhga aynan kim kirişi oçiqlanmagan. Kallasning aytişiça, guruhning töliq tarkibi kelasi hafta taqdim etiladi.

U yangi taşabbusga qiziqiş yuqori ekanini taʼkidlab, guruh faqat davlat va xalqaro institutlar doirasidagi yondaşuvlar bilan çeklanib qolmasligi kerakligini bildirdi. Xususiy mudofaa kompaniyalarining taklif va ğoyalarini ham hisobga oliş rejalaştirilgan.

Kallas YEI davlatlarining aksariyati bir vaqtning özida NATO aʼzosi ekanini eslatdi. Biroq, uning fikriça, Yevropaning anʼanaviy mudofaa imkoniyatlarida hali ham töldirilişi kerak bölgan böşliqlar mavjud.

Yevropa ösib borayotgan tahdidlarga qaramay, mudofaa imkoniyatlarini kuçaytirişda şu paytgaça yetarliça tez harakat qilmagan, dedi u.

Yangi guruhning asosiy vazifasi mudofaa sohasidagi mavjud kamçiliklarni qisqa muddatda va samarali usulda bartaraf etiş böyiça aniq yeçimlarni işlab çiqişdan iborat böladi.

«Aynan şuning uçun biz Ukraina tajribasi katta ekanini hisobga olib, uni ham guruh tarkibiga kirityapmiz», dedi Kallas.

Guruh tomonidan işlab çiqiladigan tavsiyalar Yevropa davlatlari va tegişli institutlarga taqdim etiladi.

Kaya Kallas Ukraina harbiy innovatsiyalar sohasida katta tajriba töplaganini ham taʼkidladi. U Ukrainani «jang maydonidagi innovatsiyalar böyiça jahon yetakçisi» deb atadi.

Uning maʼlum qilişiça, hozirda Ukraina va Yevropa mudofaa kompaniyalari örtasida 120 dan ortiq hamkorlik loyihasi mavjud. Kallas Ukraina va YEI mudofaa sanoatining yanada yaqin integratsiyalaşuvi har ikki tomon manfaatlariga xizmat qilişini bildirdi.