AQŞ va Fransiya prezidentlari Jo Bayden va Emmanuel Makron Isroil armiyasi va «Hizbulloh» taşkiloti örtasida janglar davom etayotgan Livanda yaqin 36 soat içida otaşkesim e’lon qilişga tayyorlanmoqda. Bu haqda Reuters 25 noyabr, duşanba kuni Livanning tört nafar yuqori martabali amaldoriga tayanib xabar berdi.

Jurnalistlarga köra, 26 noyabr, seşanba kuni Isroil vazirlar mahkamasi «Hizbulloh» bilan sulh bitimini tasdiqlaş uçun yiğilişni rejalaştirgan. Livan parlamenti spikeri örinbosari Elias Bu Saab Reuters agentligiga bergan izohida, agar Isroil boş vaziri Binyamin Netanyahu «fikrini özgartirmasa», Bayrut AQŞ taklif qilgan öt oçişni töxtatiş rejasini amalga oşirişda «jiddiy tösiqlar» körmasligini aytdi.

AQŞ Davlat departamenti Livanda öt oçişni tezda töxtatişga umid qilmoqda

Avvalroq AQŞ Davlat departamenti matbuot kotibi Metyu Miller Vaşington Isroil va «Hizbulloh» örtasida öt oçişni töxtatiş böyiça «kelişuvga erişiş uçun harakat qilişda davom etayotganini» aytgandi. «Va biz muvaffaqiyatga erişamiz, deb umid qilamiz», deya qöşimça qildi u.

Millerning ta’kidlaşiça, tomonlar sönggi bir neça kun içida «kelişuv yölida sezilarli yutuqlarga erişgan».