Rossiya qurolli kuçlari Ukrainaga qarşi uruşda qatnaşiş uçun yuzlab yamanlik erkaklarni yolladi, deb yozdi Britaniyaning Financial Times (FT) naşri 24 noyabr, yakşanba kuni. Naşrga ma’lumot taqdim etgan yamanlik yangi askarlarning sözlariga köra, isyonçi husiyçilar guruhi bilan bevosita boğliq bölgan noma’lum «sirli kompaniya» ularga katta maoşli iş va hatto Rossiya fuqaroligini va’da qilgan. Biroq Rossiyaga kelganlaridan söng, ularni majburan armiyaga olib ketişgan va Rossiya Mudofaa vazirligi bilan şartnoma imzolaşga majburlab, uruşga yuborişgan.

FTʼning taxmin qilişiça, yamanlik askarlarni yollaş 2024 yilning iyulida boşlangan. Jurnalistlar Nijniy Novgorodda yollanma askarlarni tanlaş markazi rahbari tomonidan imzolangan şartnomalardan biri bilan tanişib çiqqan. Hujjatda 3 iyul sanasi körsatilgan. Gazetaning yozişiça, «Ukrainaga qarşi uruşda asosan majburan jalb qilingan yamanlik yollanma askarlar paydo bölişi, uruşning çet eldan yanada köproq askarlarni jalb qilayotganini körsatadi. Kreml esa töliq mobilizatsiyadan qoçişga harakat qilmoqda». Şuningdek, naşr Moskva va husiyçilar örtasidagi «tobora mustahkamlanayotgan aloqalar»ga ham urğu bergan.
Yamanliklar uruşga aldov yöli bilan jalb qilinmoqda
Uruşga yollangan yamanliklardan biri Nabil FTʼga 200 yamanlikdan iborat guruhning a’zosi bölganini aytgan. Ular Moskvaga sentabr oyida yetib kelişgan va frontga yuborilgan. Nabilning sözlariga köra, bu guruhdagi ayrimlar professional harbiy bölgan, lekin köpçilikda heç qanday tayyorgarlik bölmagan.
Nabilning özini Rossiyada «xavfsizlik» va «muhandislik işi» sohasida manfaatli iş kutib turganini aytib yollaşgan. U Rossiyada işlab topadigan pullarini öqişni tugatib olişga sarflamoqçi edi.
FTʼning Abdulloh ismli yana bir yamanlik suhbatdoşiga köra, unga pilotsiz parvoz qurilmalari işlab çiqariladigan joyda bir martalik 10 ming dollarga teng tölov va oyiga 2 ming dollar maoş taklif qilingan. U şeriklari bilan Moskvaga 18 sentabr kuni yetib kelgaç, ularning barçasini aeroportdan töğridan töğri 5 soatlik masofadagi obektga olib borişgan, söng Ukraina çegarasiga yetkazişgan. Qisqa harbiy tayyorgarlikdan söng, ularni Rostov yaqinidagi harbiy bazaga yuborişgan.







