Yaşnobod tumanida 3 yoşli bolani vahşiylarça öldirgan giyohvand erkakka oid navbatdagi sud majlisida psixolog, psixiatr-ekspert hamda guvohlar körsatma berdi. Sud ekspertizasiga köra, sudlanuvçi aqli raso va ruhiy soğlom deb topilgan. Psixolog-ekspert esa sudlanuvçi bilan suhbatlaşganida unda öz-özini oqlaş tendensiyasi yuqori bölganini ma’lum qildi.
3 yoşli bolani piçoqlab öldirgan giyohvand erkakda psixolog-ekspert bilan suhbatlaşganda öz-özini oqlaş tendensiyasi yuqori bölgan. Buni sud majlisida körsatma bergan psixolog-ekspert ta’kidlab ötdi.
“Tekşiriluvçining biliş jarayonlarida yaqqol ifodalangan buziliş jarayonlari aniqlanmadi. Fikrlari ketma-ketlikda. Individual psixologik xususiyatlarga köra, öz-özini oqlaş tendensiyasining yuqoriligi, egosentrizm kabi xususiyatlar aniqlandi. Tekşiriluvçi ijtimoiy xavfli qilmiş sodir etgan vaqtda fiziologik affekt holatida bölmagan”, deya ma’lum qildi psixolog-ekspert Rustamova.
Sudda guvoh sifatida qatnaşgan psixiatr-ekspert Niğmonovga köra, sudlanuvçi 2024 yil 28 avgustdan 10 sentabrgaça sud psixiatriya-ekspertiza bölimida tekşiruvdan ötgan. Tekşiruv davomida unda heç qanday ruhiy buziliş holatlari aniqlanmagan.
Sudda kuçli ta’sir qiluvçi yoki zaharli moddalarni qonunga xilof ravişda egallaş jinoyatini sodir etganlikda aybli deb topilib, ayni vaqtda jazo ötayotgan şaxs ham guvoh sifatida söroq qilindi. U qotillik sodir etilgan kuni sudlanuvçiga 1400 dona “Tropikamid” va 30 dona “Regopen” psixotrop dori vositalarini yetkazib berişi kerak bölgan.
“Sudlanuvçi toğamning öğli böladi. Lokatsiya berardi. Borib öşa joydan olib, bunga olib kelib berganim uçun pul berardi. Yöl puli uçun alohida 200-300 ming söm olsam, xizmat haqi sifatida 1-1,5 million söm olardim”, deya bildirdi guvoh.
Sudlanuvçi sudyaning savoliga javoban olib kelingan barça dorini özi, kuniga 14-15 ta tabletka iste’mol qilganini ta’kidlagan.
Sudda tergov yakunlanib, tomonlar muzokara qismiga ötilgani ma’lum qilindi. Sud işni körib çiqişda 29 noyabrgaça tanaffus e’lon qildi.
Eslatib ötamiz, qotil 9 iyulga ötar keçasi “Regopen” va “Tropikamid” dori vositalari va “Mefedron” giyohvandlik moddasini iste’mol qilgan. Bu moddalar ta’sirida özi bilan birga yaşab kelgan, 1994 yilda tuğilgan ayol N.N.ni uning 2021 yilda tuğilgan, onasining bağriga intilgan öğlidan raşk qilgan va bolani uxlayotgan vaqtida vahşiyona tarzda (yuz qismidagi tana a’zolariga yiğma piçoq sançgan holda) öldirgan.
S.M.ga nisbatan Jinoyat kodeksining qasddan odam öldiriş, kuçli ta’sir qiluvçi yoki zaharli moddalarni qonunga xilof ravişda muomalaga kiritiş, hokimiyat vakiliga yoki fuqaroviy burçini bajarayotgan şaxsga qarşilik körsatiş, jinoyatga tayyorgarlik köriş va jinoyat sodir etişga suiqasd qiliş kabi moddalari böyiça ayblov e’lon qilingan.







