Özbekistonning Qoratoğdagi birinçi favqulodda va muxtor elçisi Oybek Şaxavdinov 25 noyabr kuni Qoratoğ prezidenti Yakov Milatoviçga işonç yorliqlarini topşirdi.

Prezident qarorgohida bölib ötgan tantanali marosimdan söng ötkazilgan muloqot çoğida Özbekiston-Qoratoğ munosabatlarining bugungi holati va istiqbollari, ularni yangi sifat bosqiçiga olib çiqiş böyiça istiqboldagi vazifalar muhokama qilindi.

Yakov Milatoviç Özbekiston xalqini ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot yölida erişilgan muvaffaqiyatlar bilan tabriklab, yurtimizga tinçlik, taraqqiyot va farovonlik tiladi. U sayyohlik va gumanitar almaşinuvlar uçun qulay şaroitlar yaratiş muhimligini ta’kidladi.

Özbekiston va Qoratoğ örtasidagi diplomatik munosabatlar 2006 yil 19 dekabr kuni örnatilgan.

Oybek Şaxavdinov Qoratoğ bilan birgalikda Özbekistonning Sloveniyadagi va Xorvatiyadagi birinçi elçisi hisoblanadi. Şuningdek, u 2024 yil mart oyida Özbekistonning Vengriyadagi elçisi lavozimiga tayinlangan. Şaxavdinov qarorgohi Vengriya poytaxti Budapeştda joylaşgan.