Rossiyaning «Migrant-Servis» platformasi direktori, işga qabul qiliş böyiça ekspert Andrey Kladov sözlariga köra, 2024 yilda bir million migrant Rossiyani tark etgan.
«Çet ellik işçilarning ketayotgani kundek ravşan. Yanvar-sentabr oylarida bir millionga yaqin odam mamlakatni tark etdi», dedi Kladov.
Uning qöşimça qilişiça, Rossiyadan asosan Özbekiston, Tojikiston va Qirğiziston fuqarolari çiqib ketgan.
Kladov sözlariga köra, hozir har bir migrantga 10 ta böş iş örni töğri keladi, biroq iş haqining oşişi ham xorijliklarni töxtata olmayapti. 2024 yil boşida xorijliklar işlab çiqarişda örtaça 105 ming rubl, yozda esa 150 ming rubl daromad olgan. Ayniqsa, quruvçilar va kuriyerlar uçun iş haqi oşgan.
Noqonuniy migrantlar Rossiya iqtisodiyotiga foyda keltirmaydi, şuning uçun ularning mamlakatdan çiqib ketişi jiddiy oqibatlarga olib kelmaydi. Bu haqda Davlat dumasi deputati Svetlana Bessarab ma’lum qildi.
«Heç kim mehnat migratsiyasini taqiqlamadi. Kimdir yurtimizga kelib işlaşni istasa, bunga haqli. Şu tariqa iş beruvçilar oddiy migrantlarni jalb qilişi mumkin. Hozir aniq va şaffof jarayonlar taşkil etildi», dedi deputat.
Bessarabning qöşimça qilişiça, Rossiyadagi yaşirin bozorni noqonuniy migrantlar töldirgan. Bunday holat mamlakat iqtisodiyotiga foyda keltirmaydi, şuningdek, huquq-tartibot va aholi xavfsizligini ta’minlaşda muammolarni keltirib çiqarişi mumkin.
Şu bilan birga, parlamentariy Rossiya mehnat migrantlari uçun yangi talablar kiritilmaganini ta’kidladi. Buning örniga mamlakat mavjud standartlarni kuçaytirdi, dedi Bessarab.








